Mmt-94 guruh talabasi O’tkurova Mohira Javoblar


Byudjet-soliq siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati?



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#176354
1   2   3   4   5   6   7   8
LPX2n7sLSsJubOJIisALCzUMTzDMW70X

3.Byudjet-soliq siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati?
Byudjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda o`zida jamiyat institutlari va aholi o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat byudjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilishi kerak.
Davlat byudjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad to`lovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin.
Byudjet siyosatining bilvosita usullari bo`lib soliqlar va soliqsiz to`lovlar orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini o`zgarishi, soliqlar bo`yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to`lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish mumkin, bunda soliq to`lovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o`ynaydi.
Byudjet siyosatining bevosita usullariga esa byudjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish kiradi. Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini o`zgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, byudjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to`¨ridan-to`¨ri usullari hisoblanadi.
Byudjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat o`rnatish, byudjet ijrosini ta`minlash, byudjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yo`lga qo`yish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi.
Soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlar, maqsadlar va vazifalardan kelib chiqib shakllantirilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

  • soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotni barqaror o`sishini rag`batlantirish, O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining balansliligini ta`minlash;

  • byudjetni rejalashtirish jarayonida davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish yo`li bilan byudjetdan ajratiladigan mablag`larni sarflash samaradorligini oshirish;

  • ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholi daromadlari, jamg`arishi va xarid qilish qobiliyatini o`stirish siyosatini bir vaqtning o`zida yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash manzilliligini oshirish bo`yicha choralar qabul qilgan holda davom ettirish;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarni me`yoriy rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarining tarmoqlari va shtatlarini muvofiqlashtirish;

  • asossiz va eskirgan imtiyozlar va preferentsiyalarni bekor qilish;

  • byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning subvensiyaga bog`liqligini pasaytirish.


Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin