Mmt-94 guruh talabasi O’tkurova Mohira Javoblar


Konsolidatsiyalashgan byudjet nima va tarkibini ayting?



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə8/8
tarix13.12.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#176354
1   2   3   4   5   6   7   8
LPX2n7sLSsJubOJIisALCzUMTzDMW70X

Konsolidatsiyalashgan byudjet nima va tarkibini ayting?


Bugungi kunda davlat byudjetida Byudjet Kodeksi bilan belgilab berilgan davlat maqsadli jamg’armalari ham konsolidatsiyalashadi va davlat byudjeti bilan birgalikda jamlanma byudjetni (konsolidatsiyalashgan byudjet) tashkil qiladi. Konsolidatsiyalashgan byudjet O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‗armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini, ular o’rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi. O’zbekiston Respublikasining Konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga quyidagilar kiradi:
Davlat byudjeti;
 davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari;
 O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari.
Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyхati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
 Tasdiqlangan roʻyхatda:

  • Prezident huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamg’armasi;

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamg’arma;

  • Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;

  • Bandlikka koʻmaklashish davlat jamg’armasi;

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasi;

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg’armasi;

  • Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamg’armasi;

  • Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamg’armasi;

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg’armasi;

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlash jamg’armasi;

  • Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi;

  • Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamg’armasi;

  • Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi;

  • Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamg’armasi;

  • Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi;

  • Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi;

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamg’armasi;

  • Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg’armasi.




Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin