Byudjet tizimi, byudjet tuzilmasi va byudjet jarayoni orqali byudjet siyosati o’zini qanday namoyon etadi?.
Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o`rtasida byudjet jarayoni mobaynida Fiskal federalizm – federal hukumat va hududiy hokimiyatlarning moliya sohasidagi vakolatlarining o’zaro taqsimlanishi. Tor ma‘noda byudjet tizimi mamlakat ma‘muriy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona tizimni tashkil qiluvchi barcha darajadagi byudjetlar yig`indisidan iborat. O`zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o`rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan ―O`zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida‖gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi– byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo`lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.
Byudjet tizimining O`zbekiston Respublikasi ma‘muriyhududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi– byudjet tizimi O`zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo`lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq O`zbekiston Respublikasining har bir ma‘muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o`z byudjetiga ega bo`lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo`g`inini tashkil qiladi.