Mobil aloqa tizimlarida radiouzatish va radio qabul qilish qurilmalari” fani bo’yicha



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/8
tarix09.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110053
1   2   3   4   5   6   7   8
Shuxrat

Modulyatsiyalash
Xabarlar aloqa kanallari orqali yuqori chastotali tashuvchi yordamida qabul qiluvchiga yetkaziladi. Xabar uzatilayotganda yuqori chastotali tashuvchining ma’lum bir parametrini mos ravishda o‘zgartirish – modulyatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Modulyatsiya jarayonini amalga oshiruvchi qurilma modulyator deb ataladi. Modulyatsiyalanmagan tashuvchi hech qanday xabarni eltmaydi, u go‘yoki yozuvsiz, chizmasiz oq qog‘ozdir. Signallarni uzatishda tashuvchi sifatida nisbatan yuqori chastotali garmonik signallar; to‘g‘ri to‘rtburchakli impulslar ketma-ketligi hamda shovqinsimon signallardan foydalaniladi. Ko‘p hollarda xabarni uzoq masofaga uzatishda yuqori chastotali garmonik tebranishlardan foydalaniladi

Bu tashuvchi uchta parametr: A- amplitudasi; w0-tebranish chastotasi va f0 - boshlang‘ich fazasi bilan baholanadi. Ushbu tashuvchi har bir parametrini uzatiladigan nisbatan past chastotali analog yoki raqamli signalga mos ravishda o‘zgartirib, amplitudasi modulyatsiyalangan (AM); chastotasi modulyatsiyalangan (ChM) va fazasi modulyatsiyalangan (FM) signallarni olish mumkin.
Shunday qilib:

Agar xabar ikkilik kod orqali uzatilayotgan bo‘lsa, tashuvchining modulyatsiyalangan parametri ham faqat ikki qiymatga ega bo‘ladi, ulardan biri 1 simvoli, ikkinchisi 0 simvoli uzatilishiga mos keladi. Bu vaqtda modulyatsiya atamasi o‘rniga odatda torroq ma’nodagi manipulyatsiya atamasi qo‘llaniladi.
Agar tashuvchi sifatida impulslar ketma-ketligidan foydalanilsa, unda modulyatsiyalanayotgan parametrga mos ravishda impuls amplitudasi modulyatsiyasi (IAM), impuls davomiyligi (kengligi) modulyatsiyasi (IDM);impuls fazasi modulyatsiyasi (IFM) va impuls chastotasi modulyatsiyasi (IChM) signallar deb yuritiladi.
Signallarni uzatishda impulslar modulyatsiyasidan foydalanish birlamchi modulyatsiya hisoblanadi. Ikkilamchi asosiy modulyatsiyada yuqori chastotali garmonik tashuvchidan foydalaniladi. Natijada ikki marotaba modulyatsiyalangan: IAM-AM; IFM-AM; IKgM-ChM; IChM-ChM va h.k. signallar hosil bo‘ladi. Ba’zi hollarda tashuvchining ikki parametri modulyatsiyalanadi. Bunday modulyatsiya aralash modulyatsiya deb yuritiladi, ko‘p hollarda bunday signal ChM-AM shaklida bo‘lib, bunday signaldan radiolokatsiya tizimida foydalaniladi.
Demodulyatsiya natijasida modulyatsiyalangan tashuvchidan xabar tashuvchi parametrining o‘zgarishi ajratib olinadi. Bu jarayon modulyatsiya jarayoniga teskari bo‘lgani uchun demodulyatsiya deb ataladi.
Modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmasi birgalikda modem deb ataladi. Agar uzatilayotgan xabar uzluksiz bo‘lsa, demodulyatsiya natijasida olingan signal tovush yoki tasvir aks ettirish qurilmasiga beriladi. Masalan: radioeshittirishda radiokarnayga, Televideniyeda qabul qilish qurilmasi elektron trubkasiga.
Xabar diskret shaklda uzatilayotgan bo‘lsa, demodulyatsiyadan so‘ng, dekodlash jarayoni amalga oshirilishi shart. Chunki dekoder chiqishida koder chiqishidagiga mos kod simvollari ketma-ketligi hosil bo‘ladi.
Kod simvollari ketma-ketligi diskret xabar elementlariga almashtiriladi. Agar demodulyatsiya va dekodlash jarayoni bitta qurilmada amalga oshirilsa kod simvollari ketma-ketligi mos diskret xabar elementi bilan almashadi. Bu holat “butun qabul qilish” deb yuritiladi.
Demodulyatsiya va dekodlash alohida qurilmalarda amalga oshirilsa dastlab signal elementlari alohida-alohida tiklanadi, so‘ngra kodlar kombinatsiyasi dekodlanadi, ya’ni diskret xabar elementiga aylantiriladi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin