Tranzistorli amplituda modulyatori
AM signallarni olishda tranzistorli modulyatorlar modulyatsiyalovchi signal aktiv elementlarning qaysi uchlari orasiga berilganiga qarab farqlanadilar
Tashuvchi signal ut(t) va modulyatsiyalovchi signal um(t) bipolyar tranzistorning baza-emitter oralig‘iga berilgan bo‘lsa, baza modulyatsiyasi deb ataladi.
Tashuvchi signal ut(t) baza-emitter oralig‘iga va modulyatsiyalovchi signal um(t) kollektor-emitter oralig‘iga berilgan bo‘lsa kollektor modulyatsiyasi deb ataladi.
Tashuvchi signal ut(t) baza-emitter oralig‘iga, modulyatsiyalovchi signal um(t) bir vaqtning o‘zida baza-emitter va kollektor-emitter oralig‘iga berilsa bunday modulyatsiya murakkab modulyatsiya turi hisoblanadi.
Maydon tranzistorlari va elektron lampalardagi modulyatorlar ham yuqoridagilarga o‘xshash nomlanadilar. Masalan: zatvor orqali modulyatsiya, stok orqali modulyatsiya, boshqarish turi orqali modulyatsiya va anod orqali modulyatsiya. Misol tariqasida maydon tranzistoridan foydalanib AM signal olish jarayoni bilan tanishamiz. Maydon tranzistorli modulyatorning nisbatan soddalashtirilgan elektr sxemasi 5.5-rasmda keltirilgan
sekin o‘zgaruvchi sifatida zatvor-istok oralig‘iga berilib, tashuvchi ut(t) ni siljib turuvchi ish nuqtasi A ning VAX bo‘yicha turli joylariga berilishini ta’minlaydi. Shuning uchun bunday tur modulyatsiya – siljish modulyatsiyasi deb ataladi.
ut(t) VAXsining turli nuqtalariga berilishi natijasida stok toki impulslarining balandligi Imax o‘zgaradi. Bu tok bir qator spektral tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi, shu jumladan w0, w0 + Ωmva w0 + Ωm chastotali tashkil etuvchilarga ham. Tokning bu tashkil etuvchilari yuklama – parallel konturda kuchlanish hosil qiladi, bu kuchlanish amplitudasining o‘zgarishi modulyatsiyalovchi um(t) kuchlanish o‘zgarishiga mos keladi (5.6d-rasm)
Modulyatorlarning ish rejimi va modulyatsiyalash sifati uning statik modulyatsion xarakteristikasi orqali baholanadi. Ko‘rilgan siljish orqali modulyatsiya modulyatorining statik modulyatsiyalash xarakteristikasi deb, stok toki birinchi garmonikasi Is1 ning siljish kuchlanishi Es ga bog‘liqligiga aytiladi. Bu xarakteristikani o‘lchashda va hisoblab chiqishda Um = const, Em = const bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |