manipulyatsiyalangan deb ataladi. Xususiy holda manipulyatsiya bu tashuvchi tebranishni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi doimiy tok posilkalari bilan modulyatsiyalashdir. Diskret manipulyatsiyalovchi signal unipolyar yoki bipolyar to‘g‘ri to‘rtburchak impulslari shaklida bo‘lishi mumkin. Ikkita mumkin bo‘lgan holatni ta’riflash uchun “posilka” va “pauza” atamalari qo‘llaniladi. Ushbu holatlar odatda +1 va –1 yoki 1 va 0 simvollari orqali belgilanadi. Raqamli modulyatsiya turlari kodlangan xabarlarni diskret shaklda uzatish uchun qo‘llaniladi. Raqamli modulyatsiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda uzatiluvchi uzluksiz signal vaqt bo‘yicha diskretlanadi, sath bo‘yicha kvantlanadi va oniy qiymatlar kodlar kombinatsiyasiga aylantiriladi. Hosil bo‘lgan kod videosignallari ketma-ketligi yuqori chastotali signal – tashuvchini modulyatsiyalaydi.
Raqamli modulyatsiya usullarining afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - apparatura xarakteristikasi noidealligi va nobarqarorligining axborot uzatish sifatiga kichik ta’siri; - hattoki nobarqaror xarakteristikali va katta sathli shovqinga ega bo‘lgan kanallardan foydalanilganda ham yuqori xalaqitbardoshligi;
- aloqa tarmoqlari bog‘lamalarida signallar regenerasiyasi (qayta tiklash) ning imkoniyati, natijada juda uzoq liniyalar bo‘yicha axborot uzatishda yuzaga keladigan xatoliklar (buzilishlar) to‘planishi effekti susaytiriladi;
- turli xabarlar uchun signallarni (nutq, televizion tasvir, diskret ma’lumotlar, aloqa qurilmalari ishlashini boshqaruvchi komandalar va h.k.) ifodalashning universal shakli;
- ko‘p kanalli tizimlarning guruh traktidagi nochiziqli buzilishlarga sezgirligining pastligi;
- turli tizimlarning kompyuterlar va elektron avtomatik telefon stansiyalari bilan nisbatan sodda moslashuvi, bu aloqa tarmoqlarini qurishda muhim ahamiyatga ega;
- kompyuterlar yordamida signallarni uzatish va ularga ishlov berishni avtomatlashtirish imkoniyati va boshqalar.
Tashuvchi tebranish amplitudasining diskret axborot (manipulyatsiyalovchi) signali amplitudasining o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgarishi amplituda manipulyatsiyasi (AMn) deb ataladi. Ushbu modulyatsiya turi xorijiy adabiyotlarda Amplitude Shift Keying (ASK) deb yuritiladi. AMn signalni hosil qilish strukturaviy sxemasini kirishiga tashuvchi signal
Bunda birlamchi signalni Furye qatorining kesimi shaklida deb tasavvur etish mumkin (10.2a-rasm):
tashuvchi signal esa (10.2b-rasm):
AM signal to‘g‘ri to‘rtburchaksimon og‘uvchili radioimpulslar ketmaketligi ko‘rinishiga ega bo‘ladi (10.2d-rasm). Kod kombinatsiyasi simvollariga mos keluvchi (1 va 0 yoki +1 va –1)
bunda,x(t) - ss(t) signalning o‘zgarish qonuniga mos keluvchi va ±1 qiymatni qabul qiluvchi funksiya
AMn signalning spektr tashkil etuvchilarini aniqlash 7.1-bo‘limda keltirilgan. Davriy signallar uchun spektr diskret, tasodifiy kod simvollari (nodavriy signallar) uchun spektr uzluksiz ko‘rinishga ega bo‘ladi. AMn signalning spektr kengligi ∆F=2kΩ1 ga teng bo‘lib, bunda k - – e’tiborga olinuvchi garmonika raqami; Ω1 – axborot signali birinchi garmonikasining chastotasi.
Real kanallarda spektr kengligini aniqlashda uchinchi yoki beshinchi garmonika olinadi, masalan V=50 Bodga teng tezlik bilan raqamli signalni uzatish uchun spektr kengligi ∆F=2.5*Ω1= 5V= 250 Hz talab etiladi
Hozirda AMn past tezlikli axborot uzatish tizimlarida, vaqt bo‘yicha ajratishli ko‘p kanalli tizimlarda, radiolokatsiya tizimlarida va shuningdek bir qator optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladi.
Xulosa
Men bu mavzuni o’rganish davomida o‘zim uchun radioaloqada qanday tuzulgani va analog raqamli modulyatsiyalash, modulyatsiyalash turlari, simsiz tarmoqlar haqida, analog va raqamli radioaloqa farqlari, tuvush signallarini kodlash, dekodlash va shunga o’xshash foydali malumotlar oldim.
Biz uchun oddiy bo’lgan qiziqarli malumotlar shu jumladan mobil aloqada ishlatiladigan texnikalarni qanday ishlash prinspini o’rgandim. Bu mavzu judayam qiziqarli va shu bilan birga anchagina malumotli ekan.
Dostları ilə paylaş: |