Amplitudali modulyatsiya Yuqori chastotali radiosignal (tashuvchi) amplitudasining past chastotali modulyatsiyalovchi signal o‘zgarish qonuniga mos ravishda o‘zgarishi amplituda modulyatsiyasi (AM; inglizcha – amplitude modulation, AM) deb ataladi. Tashuvchi sifatida yuqori chastotali garmonik tebranuvchi signalni olamiz (5.1arasm)
Modulyatsiyalovchi signalni chastotasi Ω ga teng garmonik tebranuvchi signal deb hisoblaymiz (5.1b-rasm)
Odatda w0 ≫ etib tanlanadi.
(5.2) tashuvchining amplitudasi U0 modulyatsiyalovchi signal amplitudasi Un ga mos ravishda o‘zgaradi, ya’ni
bunda,k - proporsionallik koeffitsiyenti.
U holda amplituda bo‘yicha modulyatsiyalangan signal quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (5.1d-rasm):
Bunda U0 - tashuvchi tebranish amplitudasi;
(5.5) ifoda bir ton Ω bilan modulyatsiyalangan amplitudasi modulyatsiyalangan signalning analitik (matematik) ifodasi hisoblanadi. Modulyatsiya koeffitsiyenti deb modulyatsiyalovchi signal amplitudasining tashuvchi tebranish amplitudasiga nisbatiga aytiladi, ya’ni m=Un/U0 Uning qiymati modulyatsiyalovchi signal shakli qabul qilish qurilmasi chiqishida buzilmasdan aks ettirilishi uchun 0÷1 oralig‘ida o‘zgarishi kerak, ya’ni 0Agar m > 1 bo‘lsa, bunday modulyatsiya ortiqcha modulyatsiyaga olib keladi, bu holda qabullash qurilmasi amplitudasi modulyatsiyalangan signaldan uning og‘uvchisi um(t) ni buzilishlar bilan ajratib oladi, chunki qabullash qurilmasida detektor sifatida tokni faqat bir tomonga o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lgan nochiziqli elementlardan foydalaniladi.
AM signallarni olish usullari AM signallar odatda yarim o‘tkazgich diod, tranzistor yoki elektron lampalardan NE sifatida foydalanish orqali olinadi.
Diodli amplituda modulyatori
Bir taktli diodli amplituda modulyatorining sxemasi 5.4-rasmda keltirilgan.
Agar u=u1+u2 NE VAXsining ikkinchi darajali ko‘phad bilan approksimatsiyalangan qismidan tashqariga chiqsa, u holda VAXni uchinchi darajali ko‘phad bilan approksimatsiyalanadi, natijada yana qo‘shimcha spektral tashkil etuvchilar paydo bo‘ladi. Ulardan (w0 ± Ω) chastotali spektr tashkil etuvchilar paralel kontur yuklama o‘tkazish polosasiga tushishi mumkin (agar Ωm ≤ Ωmax bo‘lsa),natijada buzilish paydo bo‘ladi, tashuvchi bir vaqtda Ωm va 2Ωm bilan modulyatsiyalangan bo‘ladi.