Balansli modulyatsiya Yuqorida ta’kidlanganidek, AM signal quvvatining katta qismi hech qanday axborotga ega bo‘lmagan tashuvchi uchun sarflanadi. Uzatkich quvvatidan samarali foydalanish uchun tashuvchisi yo‘q qilingan (bostirilgan) ikki polosali signaldan foydalanish maqsadga muvofiq. Spektrida tashuvchisi mavjud bo‘lmagan va faqat ikkita yon tomon polosalaridan iborat bo‘lgan garmonik modulyatsiya turi balansli modulyatsiya (inglizcha – amplitude modulation with suppressed carrier, AM-SC) deb ataladi. Bitta garmonik signal bilan balansli modulyatsiyalangan (BM) signalning matematik ifodasi quyidagicha
Agar modulyatsiyalovchi signal murakkab, ya’ni bir nechta garmonikalardan iborat bo‘lsa, u holda BM signal quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
Bundan ko‘rinadiki, BM signal spektri AM signal spektriga o‘xshash bo‘lib, faqat tashuvchisi mavjud emas. 5.8-rasmda BM signalning vaqt diagrammasi keltirilgan.
BM signalning vaqt diagrammasi (ossillogrammasi)dan ko‘rish mumkinki, bunda ushbu signal yuqori chastotali tebranish bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ammo bu yerda tashuvchi tebranishning o‘zi mavjud emas. Bundan tashqari o‘rovchisining qiymati musbatdan manfiyga o‘tganida (modulyatsiyalovchi signalning qiymatiga muvofiq) yuqori chastotali to‘ldiruvchining fazasi 180° ga o‘zgaradi (sakraydi). Natijada, agar bunday BM signal
Simsiz aloqada raqamli modulyatsiyalash Avvalgi boblarda ko‘rib chiqilgan analog modulyatsiya turlari telekommunikatsiyalar texnikasida keng qo‘llaniladi, ammo shu bilan birga zamonaviy axborot uzatish tizimlarida qo‘llanilishga mo‘ljallangan signallarni shakllantirishning boshqa bir usullari ham mavjud. Hozirgi vaqtda muhim istiqbolli signallar raqamli signallar hisoblanadi. Boshqaruvchi, ya’ni modulyatsiyalovchi signalning diskret o‘zgarishida tashuvchi signalning modulyatsiyalovchi parametri sakrab o‘zgaradi. Bunday holatda “modulyatsiya” atamasi o‘rnida “manipulyatsiya” atamasi qo‘llaniladi, modulyatsiyalangan signal esa