novateurpublication.org larning tanasida kadmiy va qo’rg’oshin to’planishi xavfi mavjud. Yosh o’tishi bilan
tanadagi kadmiy miqdori ortadi, ayniqsa erkaklarda. Estrogenlar kadmiyning
chiqarilishini oshiradi, bu mis metabolizmning kuchayishi bilan bog'liq bo'lishi
mumkin.Kadmiyning fiziologik roli etarlicha o'rganilmagan. Kadmiy tarkibida
"metallothionein"
deb atalmish modda
mavjud. Tioneinning vazifasi og'ir metal-
larni bog'lash, tashish va ularni zararsizlantirishda. Iborat
Stronsiy. Oziq-ovqat bilan birgalikda kattalar organizmiga kunida 0,8-3,0 mg
stronsiy kiradi. Stronsiyni ortiqcha iste'mol qilish "stronsiy raxit" yoki "urov
kasalligi"
deb ataladigan kasallikka olib keladi. Bu birinchi marta Sharqiy Sibirdagi
Urov daryosi yaqinida yashovchi aholi
kashf etilgan endemik kasallikdir. "Urov
kasalligi"suyak to'qimasidan kaltsiy ionlarining stronsiy ionlari bilan siljishi tufayli
yoki kaltsiy yetishmovchiligi fonida stronsiyni ko'payishi natijasida
yuzaga keladi.
Inson tanasida stronsiyni to'plashshi butun organizmning mag'lubiyatiga olib
keladi. Biroq bu kasallik uchun tipik belgi organizmning o'sishi va rivoj-lanishi
davridagi osteoartikulyar distrofik o'zgarishlarning rivojlanishidir. Odam-larda
(Urov kasalligining ikkinchi nomi - Kashin-Bek kasalligi) kasalligini birinchi marta
rus shifokorlari N.M. Kashin (1895yil) va
keyinchalik E.V. Bek (1900 yil) larda
aniqlaganlar. Bu kasallik qondagi fosfor-kaltsiy nisbatining keskin buzilishi bo’lib,
ichak disbakteriozi bilan birga keladi.
Ba’zi rivojlangan shaharlarning aholisi organizmidagi mishyak,kadmiy, simob,
xrom, nikel kabi og’ir metal tuz-larining ko’pligidan aziyat chekishmoyda. Masalan
simobning organizmda to’planishi deyarli sezilmaydi. Simobdan zaxarlanish
natijasida nutq buziladi, asabiylashish, jahldorlik, uyquchanlik va leykopeniya
kuzatiladi. Mikroelementlar yetishmasligi bilan bog’liq ayrim holatlar quyidagi
jadvalda keltirilganShunday qilib mikroelementlar organizm funkstiyalarining
normal kechishi va qator kasalliklarning oldini olish uchun juda xam muximdir.
Kal’siy va fosfor almashinuvini paratgormon boshqaradi. Bu gormon ta`siri ostida
kal’siy oqsillar bilan birikadi va uning organizmdan chiqarilishi keskin
tormozlanadi. Suv-elektrolit almashinuviga adrenalin ham ta`sir etadi, u buyrak
koptokchalaridagi tomirlarini toraytirib, fil’trasion bosimni pasaytiradi, diurez
kamayadi, ya`ni organizmdan suv chiqarilishi kamayadi.
Kal’siy so`rilishiga paratgormon, tirokal’sitonin, buyrak usti bezi va gipofiz
gormonlari ta`sir qiladi. Shuningdek, uning so`rilishi D
2
vitaminiga ham bog’liq
bo`ladi. Temir faol yo`l bilan tashiladi, u ferritin shaklida zahira sifatida saq-lanadi.
Al’dosteron buyrak kanalchalari hujayralari tomonidan natriy ionlari reabsorbsiyasi
va kaliy hamda vodorod ionlari sekresiyasini kuchaytiradi. Shu bilan bir vaqtda suv
reabsorbsiyasi ham kuchayib, diurez kamayadi. Mazkur gormon kanalchalar
proksimal qismida kal’siy va magniy reabsorbsiyasini kamay-tiradi. Natriyuretik
gormon (atrial peptid) siydik bilan natriy ionlari chiqarilishini kuchaytiradi.