novateurpublication.org Paratgormon kal’siy reabsorbsiyasini jadallashtirib, fosfatlar reabsorbsiyasi-ni
tormozlash orqali qon plazmasidagi kal’siy ionlari konsentrasiyasini oshiradi va
fosfatlarning siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi. Bundan tashqari paratgor-mon
proksimal kanalchalarda natriy ionlari va NSO
3
- reabsorbsiyasini pasaytirib, Genle
qovuzlog’i ko`tariluvchi qismida magniy reabsorbsiyasini faollashtiradi.
Kal’sitonin gormoni kal’siy va fosfatlar reabsorbsiyasini tormozlaydi.
Buyraklar osmoregulyasiyasining asosiy a`zosidir.Ular organizmda suv ko’paygan
(gipergidratasiya)da ko`proq gipotonik siydik ajratadi, organizmda suv kamaygan
(degidratasiya)da kam miqdorda qon plazmasiga nisbatan gipertonik bo`lgan siydik
ajratadi. Qonning osmotik bosimi o`zgarishiga sezuvchan bo`lgan osmoreseptorlar
gipotalamus supraoptik yadrosida (markaziy) va jigar, buyrak, taloq va qator boshqa
a`zolarda (chetki) topilgan. Organizmda suv ko`payganda qonda osmotik faol
moddalar konsentrasiyasi va qonning osmotik bosimi pasayadi. Bu vaqtda
osmoreseptorlar ta`sirlanishi pasayib, neyrogipofizdan ADG sekresiyasi kamayadi
va suvning siydik bilan ajratilishi oshadi.
Organizm suvsizlanganda qon plazmasida osmotik faol moddalar kon-sentrasiyasi
oshadi, ADG sekresiyasi kuchayadi, suv reabsorbsiyasi kuchayadi va kam
miqdordagi konsentrlangan siydik ajratiladi. Hayvonlarda o`tkazilgan tajribalarda
maxsus natrioreseptorlar ta`sirlanganda xam ADG sekresiyasi kucha-yishi
isbotlangan. Miyaning III-qorinchasi sohasiga osh tuzi gipertonik eritmasi
yuborilganda siydik hosil bo`lishining kamayishi kuzatilmaydi.
Osmoreseptor va natrioreseptorlardan tashqari ADG sekresiyasiga volyumo-
reseptorlar ham ta`sir qiladi. Volyumoreseptorlar tomir ichidagi va hujayradan
tashqari suyuqlik hajmi o`zgarishidan ta`sirlanadi. ADG sekresiyasi boshqarilishida
bosim
past
bo`lgan
sohalar,
jumladan
yurakning
chap
bo`lmasidagi
volyumoreseptorlar yetakchi rol’ o’ynaydi. Volyumoreseptorlarning bir o`zi
ta`sirlanganda natriy tuzlari va suv ekskresiyasi kuchayadi. Volyumoreseptor va
osmorespotorlar bir vaqtda qo`zg’alganda asosan suv ajratilishi kuchayadi,
suvning reabsorbsiyasi kamayadi.
Buyrak kanalchalarida ionlar reabsorbsiyasi va sekresiyasini boshqaruvchi
gormonlar borligi aniqlangan. Buyrak usti bezi po`stloq qavati gormoni al’dosteron
ta`sirida kanalchalar distal bo`limi va yig’uvchi naychalarda natriy reabsorbsiyasi
kuchayadi. Harakatdagi qon kamayganda va plazmada natriy konsentrasiyasi
pasayganda al’dosteron qonga chiqariladi. Siydik bilan natriy ajratilishining
kuchayishi natriyuretik gormon ta`sirida bo`ladi degan taxmin 50 yillar oxirida
qilingan edi, uning strukturasi va sekresiya joyi yaqinda aniqlandi. Natriyuretik
gormon yurak bo`lmalari va gipotalamusda xosil bo`ladi.
Qonda kal’siy konsentrasiyasi pasayganda qalqon oldi bezchalar parat-gormon
ajratadi. Paratgormon buyrak kanalchalarida kal’siy reabsorbsiyasi va suyaklardan