Modernizatsiyalash jarayonlari


Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
pedagogika (2)a

Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida Korreksion o‘qitish. E
shitish analizatorining normal ishlashi 
bolaning umumiy rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Eshitish 
analizatori buzilganda bolaning nutqi, psixologik rivojlanishi yomonlashadi, 
idrok etish faoliyati, umumiy rivojlanishi ortda qoladi. Statistik 
ma’lumotlariga qaraganda eshitish organi funksiyasi buzilgan va 
eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda. 
Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi:
 
- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari, 
shuningdeq eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko‘ra ularni o‘qitish 
qonuniyatlarini pedagogik jihatdan o‘rganish; 
- eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta’lim 
mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga 
oshirish; 
- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o‘qitishning didaktik va maxsus 
metodikalarini yaratish; 
- qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha maxsus ta’lim 
texnologiyalarini yaratish, pedagogik sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil 
Эшитиш 
қобилияти 
бузилган 
болаларни ўқитиш ва тарбиялаш масалалари 
билан 
сурдопедагогика 
шуғулланади. 
Сурдопедагогика 
(Юнонча «surdus» – кар) - 
эшитиш қобилияти бузилган болаларни 
ўқитиш ва тарбиялаш жараёнини ўрганувчи 
корректсион (махсус) педагогиканинг яна 
бир муҳим соҳаси.


510 
etish va boshqalar. 
Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktabida eshitish qobiliyati bir oz pasaygan 
bolalar o‘qishi mumkin. O‘qituvchi bola tomonidan darsda bildirilayotgan 
fikrlarni yaxshi eshita olishiga e’tibor berishi, buning uchun bolani birinchi 
yoki ikkinchi partaga, iloji bo‘lsa o‘rta qatorga o‘tkazish kerak. Shuningdeq 
o‘qituvchi bola uning gaplarini to‘g‘ri tushuna olganligi, topshiriqni to‘g‘ri 
bajarayotganligini nazorat qilib turishi kerak. Ba’zida eshitmaydigan yoki 
yomon eshitadigan bolalar ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
eshitadigan tengdoshlari bilan birga muvaffaqiyatli o‘qiydilar.
O‘qituvchi eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bola sinfga qabul 
qilinganda ularning psixofiziologik hamda nutq rivojlanishi xususiyatlarini 
bilishi talab etiladi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin