Modernizatsiyalash jarayonlari


Eshitish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Eshitish



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
pedagogika (2)a

Eshitish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Eshitish 
qobiliyatining buzilishi sabablari, ularni turlarga ajratish. 
Anomal bolalar 
orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni 
tashkil etadilar. Eshitish – borliqni tovushli hodisalar shaklida aks ettirilishi, 
inson (tirik jonzod)ning tovushlarni anglash va farqlash qobiliyati. Eshitish 
eshitish organi yoki tovush analizatori (tovush ta’sirini qabul qiluvchi va 
ajratuvchi murakkab nerv tizimi) yordamida amalga oshiriladi. 
Eshitish qobiliyatining buzilishi ko‘p hollarda muddatli bo‘ladi. Masalan, 
o‘rta qulog‘ning tashkil topishi, shamollash, oltingugurt to‘siqlarining yuzaga 
kelishi, tashqi va o‘rta qulog‘ining anomal tuzilishi (quloq suprasining 
bo‘lmasligi yoki yetarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yo‘llarining bitib 
qolishi, quloq pardasidagi nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda. Zamonaviy 
medisina ularni davolashning samarali metodlariga ega. Ular qatoriga 
konservativ va operativ metodlarni kiritish lozim. Odatda samarali davolash, 
ba’zan uzoq vaqt davolash tadbiri olib borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi. 
Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og‘rish, 
zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Qulog‘i og‘irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: nasliy, tug‘ma va 
kelib chiqqan tarzda turlarga ajratiladi. Yoshlikda eshitish qobiliyatining 
buzilishiga olib keluvchi sabablar orasida quyidagilari alohida ko‘rsatiladi: 
homiladorlikning birinchi uch oyida onaning virusli kasalliklar bilan og‘rishi 
(qizamiq, kor, gripp, gepatit viruslari va boshqalar), rivojlanishdagi tug‘ma 
nuqsonlari (masalan, labi va tanglayidagi yoriq), chala tug‘ilish, kichik vaznli 
tug‘ilishi (1500 dan kam) hamda yomon tug‘ilishi kabilar. Eshitish 
qobiliyatining buzilishiga homiladorlik davrida onaning spirtli ichimliq 
giyohvand moddalar iste’mol qilishi, antibiotiklarni qabul qilishi ham sabab 
bo‘lishi mumkin. Karlikning nasliy o‘tishi holati juda kam kuzatiladi. 
Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1)
Eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi;
2)
Eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi;
3)
Eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti.


509 
Yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarga ko‘ra eshitish qobiliyatining buzilishi 
qulog‘i og‘irlik va karlik kabi guruhlarga ajratiladi. 
Karlikbu eshitish qobiliyatining qattiq yo‘qotilishi bo‘lib, bola mustaqil 
ravishda nutqni egallay olmaydi va qulog‘iga juda yaqin masofadan 
gapirilganda ham aniq eshitmaydi. Ammo baland tovushlar, yaqin masofadan 
nutqning ba’zi tovushlarini qabul qilishga imkon beruvchi eshitish qobiliyati 
saqlanib qoladi. 
Qulog‘i og‘irlik – bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi (80 detsibaldan 
kam) bo‘lib, eshitish qobiliyati qoldig‘i yordamida qulog‘i oldida baland ovoz 
bilan gapirilganda bola nutqni eshita oladi. Bola minimal nutq boyligini 
mustaqil ravishda egallay oladi. 
Karlar va qulog‘i og‘irlik (yomon 
eshituvchilar) nutqni qabul qilish 
usuli bo‘yicha farq qiladilar. Karlar 
so‘z nutqini ko‘rib (suhbatdoshining 
lablari va yuziga qarab) va eshitib 
ko‘rish 
(tovushni 
kuchaytirish 
apparati yordamida) qabul qiladilar.
Yomon eshitadiganlar atrofdagilar 
bilan tabiiy munosabatlar jarayonida 
baland ohangda so‘zlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin