Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga oʻtkazish JADVALI
5 baholik shkala
|
100 ballik shkala
|
|
5 baholik shkala
|
100 ballik shkala
|
|
5 baholik shkala
|
100 ballik shkala
|
5,00 — 4,96
|
100
|
4,30 — 4,26
|
86
|
3,60 — 3,56
|
72
|
4,95 — 4,91
|
99
|
4,25 — 4,21
|
85
|
3,55 — 3,51
|
71
|
4,90 — 4,86
|
98
|
4,20 — 4,16
|
84
|
3,50 — 3,46
|
70
|
4,85 — 4,81
|
97
|
4,15 — 4,11
|
83
|
3,45 — 3,41
|
69
|
4,80 — 4,76
|
96
|
4,10 — 4,06
|
82
|
3,40 — 3,36
|
68
|
4,75 — 4,71
|
95
|
4,05 — 4,01
|
81
|
3,35 — 3,31
|
67
|
4,70 — 4,66
|
94
|
4,00 — 3,96
|
80
|
3,30 — 3,26
|
66
|
4,65 — 4,61
|
93
|
3,95 — 3,91
|
79
|
3,25 — 3,21
|
65
|
4,60 — 4,56
|
92
|
3,90 — 3,86
|
78
|
3,20 — 3,16
|
64
|
4,55 — 4,51
|
91
|
3,85 — 3,81
|
77
|
3,15 — 3,11
|
63
|
4,50 — 4,46
|
90
|
3,80 — 3,76
|
76
|
3,10 — 3,06
|
62
|
4,45 — 4,41
|
89
|
3,75 — 3,71
|
75
|
3,05 — 3,01
|
61
|
4,40 — 4,36
|
88
|
3,70 — 3,66
|
74
|
3,00
|
60
|
4,35 — 4,31
|
87
|
3,65 — 3,61
|
73
|
3,0 dan kam
|
60 dan kam
|
Oliy ta’limda talabalar oʻzlashtirishini baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash JADVALI
Taklif etilayotgan Oʻzbekiston tizimi
|
Rossiya tizimi
(MDU)*
|
Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS — European Credit Transfer System)
|
Amerika tizimi
(A- F)
|
Britaniya tizimi
(%)
|
Yaponiya tizimi
(%)
|
Koreya
tizimi
(%)
|
Oʻzbekiston tizimi
(%)
|
“5”
|
“5”
|
“A”
|
“A+”
|
70 — 100
|
80 — 100
|
90 — 100
|
90 — 100
|
“A”
|
“A-”
|
65 — 69
|
“4”
|
“4”
|
“B”
|
“B+”
|
60 — 64
|
70 — 79
|
80 — 89
|
70 — 89,9
|
“C”
|
“B”
|
50 — 59
|
“B-”
|
“3”
|
“3”
|
“D”
|
“C+”
|
45 — 49
|
60 — 69
|
70 — 79
|
60 — 69,9
|
“E”
|
“C”
|
40 — 44
|
“C-”
|
“D+”
|
60 — 69
|
“D”
|
“D-”
|
“2”
|
“2”
|
“FX”
|
“F”
|
0 — 39
|
0 — 59
|
0 — 59
|
0 — 59,9
|
Har biy oliy ta’lim muassasasida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boʻlimlari tashkil qilinadi. Bu haqda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻg‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilangan. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda – Ta’lim inspeksiyasi) asosiy vazifalari etib belgilanadi:
• ta’lim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlarini, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, malaka toifalarini berish va ularni sertifikatlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;
• ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini (quality culture) shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish;
• xorijiy tajribada sinovdan oʻtgan ta’lim sifatini oshirishning preventiv, ta’sirchan va samarali mexanizmlarini ta’lim faoliyatiga tatbiq etish;
• mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish;
• nodavlat ta’lim tashkilotlari va davlat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini litsenziyalash hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
• ta’lim oluvchilar bilim, koʻnikma va malakalarining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda ta’lim dasturlariga muvofiqligini nazorat qilish;
• xorijiy davlatlarda olingan ta’lim toʻg‘risidagi hujjatlarni tan olish va Oʻzbekiston Respublikasida berilgan ta’lim toʻg‘risidagi hujjatlar va kvalifikatsiyalarni xalqaro ta’lim hamjamiyatida tan olinishiga har tomonlama koʻmaklashish;
• ta’lim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish;
• dunyoning nufuzli reyting tashkilotlari indikatorlari hamda milliy reytingni aniqlash boʻyicha xalqaro tajribaga muvofiq ishlab chiqilgan mezonlar asosida ta’lim tashkilotlari milliy reytingini aniqlash va rasman e’lon qilish, ta’lim tashkilotlariga reytingdagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berish;
• ta’lim oluvchilarning bilim va savodxonlik darajasini hamda kompetentligini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini ta’minlash;
• dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va oliy ta’lim tashkilotlarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish;
• ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini koʻrish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• nazorat faoliyatini boshqarishning zamonaviy tizimini joriy etish, nazoratning shaffofligini ta’minlash, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar toʻg‘risidagi ishlarni yuritish;
• ta’lim sifatini nazorat va tahlil qilish boʻyicha axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;
• Ta’lim inspeksiyasi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan xalqaro aloqalarni kengaytirish, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni takomillashtirish.
Shuningdek, quyidagilar belgilanadi:
Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i maqomi, mehnatga haq toʻlash va moddiy rag‘batlantirish shartlari, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra vazirga, boshliqning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, boshliq oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Ta’lim inspeksiyasining boshqaruv xodimlari Hukumatning imtiyozli tibbiy xizmatidan foydalanishga haqli;
Ta’lim inspeksiyasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Ta’lim inspeksiyasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda – hududiy boshqarmalar) xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻg‘risida” PQ-2722-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Ta’lim inspeksiyasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar Ta’lim inspeksiyasining qonuniy talabiga koʻra tegishli vazirlik va idoralar tomonidan kechiktirmagan holda bepul taqdim etiladi;
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar Ta’lim inspeksiyasiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda har tomonlama koʻmaklashishi shart;
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi;
Ta’lim inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlarini faoliyat yoʻnalishiga xos boʻlmagan ishlarga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ta’lim inspeksiyasi oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari
va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga boʻysunadi va hisobdor boʻladi; Ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda normativ tusdagi boshqa hujjatlar (davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari) majburiy tartibda Ta’lim inspeksiyasi bilan kelishiladi.Belgilanishicha: respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga asosan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 3 nafar xodimdan iborat ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda – boʻlim) tashkil etiladi; boʻlim boshlig‘ining oylik ish haqi oliy ta’lim muassasasi dekani lavozimi maoshiga, bosh mutaxassislarining oylik ish haqi – oliy ta’lim muassasasi dekani oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |