Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishda qanday imtiyoz(lar) beriladi?
21-modda. Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish Ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
15
Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish qanday ta’minot asosida amalga oshiriladi?
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash, o‘qitish qanday ta’minotida bo‘ladi? Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.