Dual ta’limning mohiyati (tartibi) nimada? Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’lim dasturi - professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami.
11
Davlat ta’lim standartlari qanday talablarni belgilaydi ? Davlat ta’lim standartlari - davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
12
Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra, o‘quv reja qanday hujjat hisoblanadi? Oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat.
13
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq qanday shakllarda ijtimoiy himoya qilinadi?