Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ? Ta'lim to'g'risida qonunining 5-moddasi. Pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega.
5
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi? Pedagogik faoliyat bilan shugullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shugullanishiga yo'l qo'yilmaydi.
Qonun loyihasida quyidagilar ta’lim tashkilotlarida pedagog (professor-o‘qituvchi) sifatida faoliyat olib borishi taqiqlanishi belgilangan:
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlangani olib tashlanmagan shaxslar;
hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi, tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, shuningdek, o‘zgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;