Ta’lim olish shakllari ko‘rsatilgan javobni aniqlang ?
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
23
Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda qanday tartibi belgilangan? Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda) oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga egabo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.
24
Masofaviy ta’limning qanday tamoyilla quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi? Ishtirokchilarning interfaolligi, talabalarning identifikatsiya qilinishi, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi, ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.
25
O‘quv kontenti bu — ? O‘quv kontenti - o‘quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun mo‘ljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan o‘quv metodik materiallar (o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, o‘quv adabiyotlari).