Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish va tarbiyalashga sharoitlar yaratiladimi? Alohida sharoitlarda o‘qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
18
Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslikda aybdor bo‘lgan shaxslar MJTK ko‘ra qanday jazoga tortiladi ?
Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik (47-m.). Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchishaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
19
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlariga nimalar kiradi?
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
-ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;
-o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi;
-fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;
-davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi;
-ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
-ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
-o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;
-umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
-Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.