Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


-bob. Hisobvaraqlar ta’rifi



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə18/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

3-bob. Hisobvaraqlar ta’rifi
10000 AKTIVLAR
10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
10101 Aylanma kassadagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank va uning filiallari aylanma kassalarida mavjud bo‘lgan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlar tomonidan aylanma kassaga topshirilgan, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridan va boshqa tijorat banklaridan olingan naqd pul mablag‘lari, shuningdek bankning aylanma kassasiga kirim qilingan boshqa naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank va uning filiallari aylanma kassalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli pul almashtirish shoxobchalarining mavjud naqd pul mablag‘larining harakati va hisobi yuritiladi. Kassa qoldig‘i o‘rnatilgan tartibda berkitiladi.
Hisobvaraqning debetida pul almashtirish shoxobchalarining kassirlari tomonidan hisobdorlik asosida olingan va valyuta sotuvidan kelib tushgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan va qaytarilgan pul mablag‘lari hamda qaytarilgan qoldiq aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir pul almashtirish shoxobchalari va valyuta turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10107 Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalardagi (avtomatlashtirilgan depozit mashinalar, infokiosklar va boshqalar) naqd pul mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraq debetida bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalariga qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida bank kartalari asosida bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari va o‘tkazib berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bankomat va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10109 Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/filialning aylanma kassasidan boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan va yo‘lda bo‘lgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank/filial tomonidan ularning kassaga haqiqatda qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank bo‘yicha, shuningdek naqd pullar, cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10111 Amaliyot kassalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaliyot kassalaridagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida amaliyot kassalariga kelib tushgan naqd pullar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amaliyot kassalaridan berilgan naqd pullar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turi va har bir amaliyot kassasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10113 Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni berish bo‘yicha maxsus kassalardagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Xalq banki filiallarining kassirlari tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan naqd pullarning hisobi olib boriladi. Naqd pul qoldig‘i pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar to‘liq berib bo‘lingunga qadar saqlanadi. Obyektiv sabablarga ko‘ra to‘lanmay qolgan summa 10101 hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki kechki kassaga topshiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha kassirlar tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan naqd pullar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir bo‘yicha alohida yuritiladi.
10198 Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka topshirish uchun tayyorlangan “eskirgan” toifadagi naqd pullar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalariga jo‘natilgan “eskirgan” toifadagi naqd pullarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10300 Bankning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari
10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Markaziy bankka joylashtirgan bo‘sh pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10305 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 20802 hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketish natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 20802 hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 20802 hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10307 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10309 Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bank majburiy zaxiralariga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan Markaziy bankka o‘tkazilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan bankning vakillik hisobvarag‘iga qaytarilgan majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10311 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullar uchun olinadigan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMiga topshirilgan naqd pullarning tasdiqlangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi HKKMidan o‘tkazilgan, kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
10313 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tezkor to‘lovlar tizimi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Tezkor to‘lovlar tizimi bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlari nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10315 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Markaziy bank kliring tizimi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankning Kliring tizimi bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10321 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Overnayt depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘yilgan overnayt depozitlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka qo‘yilgan overnayt depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankka qo‘yilgan overnayt depozitlarining qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10331 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘ygan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka qo‘yilgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan qaytarilgan depozitlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10397 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — boshqa depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘ygan yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa depozitlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka qo‘yilgan boshqa depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan qaytarilgan boshqa depozitlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10500 Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10501 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida boshqa banklarga qo‘ygan pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklardan bankning vakillik hisobvarag‘iga bank va mijozlar nomiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning o‘z majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha bank vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil-bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10505 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 21002 hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 21002 hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 21002 hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir vakil bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10507 Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning naqd pul olish uchun boshqa banklarga o‘tkazilgan mablag‘lari harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan boshqa banklarga naqd pul olish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10511 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10513 Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar mijozlarining bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar mijozlarining bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklar mijozlarining bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10521 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — Overnayt depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan overnayt depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan overnayt depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan overnayt depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10531 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10541 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — 1 yildan ortiq muddatga depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yildan ortiq muddatga depozitlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yildan ortiq muddatga depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan 1 yildan ortiq muddatga depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10551 Moliyaviy tashkilotlardagi hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun moliyaviy tashkilotlardagi (xalqaro moliya tashkilotlar, Visa, Western Union kabilar) pul mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy tashkilotlarga qo‘yilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moliyaviy tashkilotlarga qo‘yilgan mablag‘larning qaytarilishi/hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyaviy tashkilot va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklar yoki moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga qo‘yilgan pul mablag‘lari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank yoki moliyaviy tashkilot bo‘yicha depozitlarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10700 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: haqiqiy qiymati bo‘yicha hisobi yuritiladigan va haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks ettiriladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi yuritiladi.
10701 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat tomonidan chiqarilgan xazina veksellarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan davlatning xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10705 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10709 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida hisobdan chiqarilgan Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10711 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxonalarining qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10715 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, yevroobligatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yevroobligatsiyalar nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalar turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10719 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olingan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxona (tashkilot)larning ulushi qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxonalar ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona (tashkilot)lar tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turi va emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10723 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tijorat banklarining chiqib ketgan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10725 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilingan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (xarid qilish xarajatlarini chegirgan holda) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10779 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida bank tomonidan sotib olingan yoki boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, qimmatli qog‘ozlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati hamda ulushli qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10791 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va sotib olingan foizlardan tashqari, agar ular mavjud bo‘lsa) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan balansdan chiqarilayotgan holda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10793 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofotning amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlarni sotishda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi mukofotning qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin