Firmaning qiymati Firmaning qiymati Oddiy aksvaht ЗОН Obhgalsjva “A” moliyalashtirish nisbati rasm. Firmaning qiymati va kapital strukturasi tarkibi
Bu jarayon 21.4-rasmda batafsilroq tasvirlangan bo’lib, unda biz firmaning jami kapital bahosi - kwacc ga ortiqcha foydalanilgan moliyaviy leverej ta’sir ko’rsatmaydi. Kapital strukturasida kd qiymatidagi ko’proq qarzdan foydalanilsa, oddiy aksiyalarning qiymati - kcs qo’shimcha yaratilgan foyda darajasida o’sadi. Bundan tashqari, kapitalning jami bahosi leverejdan foydalanish darajasiga nisbatan o’zgarmasa, firma oddiy aksiyalarining narxi ham o’zgarmaydi. Moliyalashtirish manbasini tanlash borasidagi bu qarashdan chiqarilgan saboq shuki, qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish u dastlab ko’ringanidek arzon jarayon emas, chunki mablag’larning umumlashgan qiymati yoki firma kapitalining o’rtacha tortilgan qiymati moliyaviy leverejdan foydalanishning har qanday darajasida o’zgarmas bo’ladi. Moliyaviy xodimlar uchun oddiy xulosa shuki, har qaysi kapital strukturasi o ’zining afzalligiga egadir. Bu nazariya yaratilgan iqtisodiy dunyoni tavsiflash uchun qo’llanilgan qat’iy farazlarni eslab qoling. Kelgusida biz bunday keskin farazlardan boyuvchi bozor va huquqiy muhitga to’xtalamiz. Mo'tadil yondashuv Shunday qilib, biz asosiy e'tibomi firmaning kapital xarajatlari va kapital tuzilishi orasidagi munosabatlarga va ular orasidagi mo'tadil ta'rif tushunchasiga alohida to'xtalib o'tamiz
21.4-rasm. Kapital xarajatlar va moliyaviy leverej: soliqsiz va mustaqil faraz
Foiz xarajatlari soliqdan chegirib qolinadi. Agar firma qarzdorlik holatida bo'lsa yoki o'ziga katta miqdordagi qarzni olsa, qaysiki foiz to'lashi kerak bo'lsa u qarz hisobiga bu to'layotgan to'lovlari soliq hisobiga ro'yhatga qo'yiladi va soliq sifatida hisoblanadi va qarzning tannarxini pasaytiradi. Bu aksiyalar egalari uchun to'langan dividendlardan soliq chegirib qolinmaydi, chunki qarz moliyalashtirish hisobiga foydalar teng hisoblanadi. 22-mavzu. Moliya va korporativ strategiya
Reja: Moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy mohiyati
Moliyaviy hamda strategik rejalashtirish amaliyoti
Moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy mohiyati58
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proportsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo’yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proportsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari (miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qo’yishi mumkin. Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o’zaro bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’ekt faoliyat ko’rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;
jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirish menejmenti;
firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;
investitsion menejment;
kapitallar menejmenti;
faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
pul mablag’laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
kapitalni samarali joylashtirish yo’llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o’rnatish;
korxonaning moliyaviy ahvoli, to’lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o’rnatish.
Bozor munosabatlariga o’tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni - markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun etarli darajada formal bo’lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo’ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro’yiga obro’ qo’shmas, chunki ularga hech narsa bog’liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan o’zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning o’zida, shu rivojlanishning yo’nalishi va sifatini nazorat qiladi. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko’zda tutishgina (ko’ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo’lganhar qanday kutilmagan holatlarni ko’ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko’ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin:
iqtisodiy tahlil metodi;
normativ metod;
balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
ko’p variantlilik metodi;
iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;
va boshqa metodlar.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bo’lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash;
moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qo’llab-quvvatlash);
shakllantirilgan rejalarni operativ o’zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab chiqish.
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin:
strategik moliyaviy rejalashtirish;
joriy moliyaviy rejalashtirish.
Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir. Strategik moliyaviy reja, hech bo’lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog’i lozim:
xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o’lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
o’z kuchiga ishongan holda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?
xo’jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag’lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?
O’z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish;
pul oqimlarini rejalashtirish;
butun xo’jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);
Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo’jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo’lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko’rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo’naltiriladi. Moliyaviy hamda strategik rejalashtirish amaliyoti59
Kompaniyaning strategik plani bu aksiyadorning shaxsiy budjetini maksimallashtirishdir. Bu strategik plan ham uzoq ham qisqa ko'lamdagi moliyaviy rejalarni talab etadi. Naqd pul va mahsulot budjeti kabi budjetlar, bu rejalashtirishdagi ma'lumotlarni boshqarishda ishlatiladidi, ayni vaqtda ijro o'lchamlari strategik maqsad tomon rivojlanishni ifodalaydi. Strategiya bu kompaniya erishishni hohlayotgan maqsaddir. Kompaniya strategiyaga ega bo'lsa, unda plan, ayni bir strategic plan kerak bo'ladi. Investitsiya imkoniyatlari kompaniyaning investitsiya strategiyalarini o'z ichiga oladi. Bosh menejer, direktorlar kengashi nazorati ostida, kompaniyaning investitsiya qarorlariga qaraydi va moliyalashtirish rejalarini tuzadi. Budjetlashtirish, resurslar rejasini tuzish va kelajak uchun mablag'larni ishlatilishdir. Budjetlashtirish ham iqtisodiy ham buxgalteriya ma'lumotlarini talab etadi. Iqtisody analizlar marketing va kelajakdagi savdo uchun mahsulot analizini o'z ichiga oladi. Hisob teknikalari, o'lchov asbobi sifatida ishlatiladi: Ammo, nimalar bo'lganini hulosa qilish o'rniga, kompaniylar buxgalteriyadan kelajakda nima bo'lishini bashorat qilish uchun foydalanishadi. Rejalar natija berishni boshlaganda, menejment nimalarga erishilganini nimalar aslida rejalashtirilganiga solishtiradi. Komnaiyalar quyidagiavvaldan- auditlash tizmidan foydalanishadi:
Menejment ijrosini baholash.
Real natijalarni rejalshtirilgan natijalar bilan solishtirish.
Rejalash bosqichini samaradorligini baholash.
Bu bo'limning maqsadi strategik rejalshni hamda qanday qilib moliyaviy rejalash va budjetlashtirish bu bosqichda ishlatilishini izohlashdan iborat. Strategiya va qiymat - Strategik reja bu kompaniya erishishni maqsad qilgan rejadir, qaysiki o'zining resurslarini eng maksimal ishlatish uchun qo'yishni o'z ichiga oladigan. Bu strategik rejada metodika kompaniya bahosiga investitsiya qo'shishni o'z ichiga oladi. Qiymat qo'shishning yo'li bu foydali proyektlarni moliyaviy qo'llab quwatlashdir.