Qo’yilgan masala va tenglamadan bilganlarimiz quyidagilar: Jami o’zgarmas xarajatlar = $100,000
Mahsulot birligi sotuv narxi = $10
Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat = $6 ish: Raqamlarni qo’yib chiqish
Bu maTumotlami (3) tenglamaga qo’yadigan boTsak: $100,000 Zararsizlik = (10 — 6) $ /mahsulot birligi Zararsizlik = 25,000 birlik ish: Natijalarni tahlil qilish
jami o'zgarmas xarajatlar
Shu tariqa, Pierce Grain kompaniyasi kelgusi yilda faqatgina o’zgarmas xarajatlarni qoplash uchun 25,000 birlik mahsulot sotishi kerak. Eng muhimi, 25,000 birlik mahsulotni sotganidan so’ng Pierce Grain kompaniyasi 25,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni ham qoplaydi va FSTD=0 bo’ladi.
Zararsizlik = Zararsizlik nuqtasining puldagi ifodasi Ko’p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik nuqtasini mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash qulayroq. Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun umumiy maxraj bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi qiymati haqidagi ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin. Shunday bo’lsada, u firmadan yillik hisobotlarni olish imkoniyatiga ega. Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan firmaning jami xarajatlarini o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarga ajrata olsa, u holda, umumiy puldagi ifodalangan zararsizlik nuqtasini hisoblashi mumkin bo’ladi. BUNI BAJARA OLASIZMI? ZARARSIZ SAVDO DARAJASINI TAHLIL QILISH ‘ ‘Creighton Manufacturing” kompaniyasi yig’ilib yotgan antikvar avtomobillar tormoz tizimini yaxshilash uchun tormoz kontrollerlarini yig’adi. O’tgan yili firmaning daromadlari $20 millionni tashkil qilgan bo’lib, uning $10 millioni soliqlar va foizlar to’langungacha daromad (FSTD) ni tashkil qilgan. O’zgarmas xarajatlar $2 million edi. O’zgaruvchan xarajatlar $8 million bo’lib, u firma daromadining 40 foizini tashkil qilgan. Berilgan xarajatlar strukturasiga ayangan holda firma daromadlarining zararsizlik darajasini hisoblab ko’ra olasizmi? Biz bu jarayonni ‘Pierce Grain” kompaniyasining xarajatlar strukturasidan foydalangan holda tasvirlaymiz. Tasavvur qiling, hisobot berilgan moliyaviy ma’lumotlar 21.1-jadvalda ko’rsatilganidek ko’rinishga ega. Agar biz xarajat- savdo-foyda tahlili asoslanadigan sodda matematik bog’liqlikdan xabardor bo’lsak, u holda biz 21.1-jadvaldan Pierce Grain kompaniyasi uchun puldagi zararsizlik nuqtasini topishda foydalanishimiz mumkin bo’ladi. Quyidagi (4) tenglamadan foydalangan holda daromadlarning zararsizlik darajasini topishimiz mumkin: Pierce Grain kompaniyasi misolida firmaning o’zgaruvchan xarajatlarining ($180,000) daromadlarga ($300,000) nisbati $180,000/$300,000 yoki 0.6 ga teng bo’ladi hamda bu natija barcha daromad darajalari uchun o’zgarmas deb olinadi. Natijada, biz (4) tenglamadan kompaniya daromadlari zararsizlik darajasini aniqlashda foydalanamiz. Daromadlarning zararsizlik darajasi = = $250, ООО 21.1-jadval Pierce Grain kompaniyasining daromadlar to’g’risida hisoboti