Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua bilim sohalari



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə58/72
tarix16.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#181968
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
moliya qollanma

mavzu. Investorlar investitsiya qarorini qilayotganda hatolarga yul qoyishadi, bunga sabab esa ular bir necha nazariyalarga bog‘lanib qolgan.

  • mavzu. Investitsiya qarori vaqtida investorlarga tuzilish va qiymat jihatdan ta’sir o‘tkazilgan.

  • mavzu.Moliya bozoridagi narxlarga hatolar va qaror na’munalari orqali ta’sir ko‘rsatilgan.

    Fe’l-atvor moliyasi1- mavzusi evristik tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Evristika tezkor sanash qoidalari bo‘lib, shaxslarga qaror qabul qilish muddatini qisqartirishga undaydi. Masalan, nafaqani rejalashtirishda tezkor qaror qoidasi bu 10% umumiy foydani yig‘ish qaroridir.Kerakli darajadagi mablag‘ yig‘ilishi uchun investorning yoshi 100lar atrofida bo‘lishi kerak bo‘ladi va bu tezkor qarorni ko‘rsatib beradi.Masalan, 45-yoshli shaxs o‘zining nafaqa mablag‘laridagi pulini 55%ini obligatsiyalarga tikishi mumkin.
    Evristikaning juda yahshi ishlashidagi misollarga qaramasdan, psixologiya soxasidagi izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu nazariya bir qancha tizimli xatoliklarga olib keladi. Ushbu tizimli xatolar psixologlar tomonidan tushunilgan xatolar deyiladi.Moliya tilida esa, investitsiya qarori davridagi xatolar evristik - olg‘a surilgan xatolar deyiladi. Investitsiya tanlash nazariyasi bilan solishtirganda shu aniqki, barcha investorlar har bir risk darajasidagi optimal investitsiya tuzish uchun aktivning o‘rtacha qaytim qiymatini va ularning ehtimolligini baholaydi.
    Fe’l-atvor moliyasi 2- mavzusi ramkalash tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Bu tushuncha amaldagi holatni investorga qanday etkazish yullari bilan bog‘liq. Ushbu moliya bo‘limining nazariyotchilari fikricha ramkalangan investitsiya tanlovlari kutilgan qaytimni va riskni natijasini o‘zgartirib yuboradi va xato qaror qabul qilingan hisoblanadi.
    Fe’l atvor moliyasining 3- mavzusiga ko‘ra moliya bozorining hamma ishtirokchilari zehnli emas va shu sababli ko‘plab noto‘g‘ri baholashlar kuzatilishi mumkin. Ushbu zehnsizliklar yuqori tasdiqlash va ko‘pchilik fikriga ergashish kabi tushunilgan xatolarga asoslangan va aktivning bozordagi o‘rganilgan qiymati va haqiqiy qiymati borasida farq keltirib chiqaradi.
    Fe’l atvor nazariyasi moliyaning odatdagi nazariyalariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, ammo bu investorlarning nima uchun riskga nisbatan norozilik bo‘lgan holda tanlov amalga oshirishini tushuntirishga yordam beradi.

    1. mavzu. Moliya va kapitalning tarkibiy tuzilmasi

    REJA:

    1. Biznes riski va moliyaviy risk

    2. Zararsizlik tahlili

    3. Operativ leverej manbalari

    4. Kapital strukturasi nazariyasi

    5. Kapital strukturasini boshqarishning asosiy usullari

    1. Biznes riski va moliyaviy risk

    Agar investorlarning kutilganidan kamroq olingan korporativ daromad sababli hafsalasi pir bo’lsa, bu ularning firmaning kelgusi faoliyatidan kutadigan natijalarini pasaytirib yuboradi va natijada, firmaning oddiy aksiyalari narxi tushadi. Shuning uchun, korporativ ijrochilar va direktorlar kengashi Vol Stritga topshiradigan daromadlar hisobotiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu sababli, moliyaviy tahlilchi aksiya birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchanlik manbalarini yaxshi tushunishi kerak.
    Bu bobda biz firmaning daromadlari oqimidagi o’zgarishni 3 xil manbaga ko’ra farqlaymiz:

    1. Biznes sohasi tanlovi - firma faoliyat olib boruvchi sanoat tarmog’i sababli kelib chiqadigan tabiiy tebranishlar natijasida paydo bo’luvchi firma daromadlarida o’zgarishlar. Masalan, agar firma daromadlar biznes davrlari bilan bog’liq ravishda tebranib turadigan tez o’zgaruvchan sanoatda faoliyat yuritsa, u holda firma daromadlarining o’zgaruvchanligi biznes davrlari kamroq ta’sir ko’rsatadigan sanoatdagiga nisbatan ko’proq bo’ladi. Biz biznes daromadlaridagi bunday o’zgarishlarning manbasini biznes riski deb ataymiz.

    2. Xarajatlar strukturasi tanlovi - firmani yuritish uchun sarflanadigan o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisini bildiruvchi firmaning xarajatlar

    191
    strukturasi natjasida yuzaga keladigan firma daromadlarining o’zgaruvchanligi . O’zgarmas xarajatlarning (o’zgaruvchan xarajatlarga qaraganda) ko’p bo’lishi daromadlardagi o’zgarishlarga nisbatan foydaning o’zgaruvchanligini oshirib yuboradi.
    Firmaning o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarining tuzilishi asosan firma faoliyat olib borayotgan sanoat tarmog’iga qarab aniqlanadi. Masalan, avtomobil sanoati zavodlar va ulardagi asbob-uskunalarga katta investitsiya kiritshni talab qiladi. Bu zavodning ishlashi darajasiga bog’liq bo’lmagan yuqori o’zgarmas xarajatlarga sabab bo’ladi. Biz firma daromadidagi bu o’zgarish manbasini operativ risk deb ataymiz.

    1. Kapital strukturasi tanlovi - firma daromadlaridagi o’zgarish manbasi bo’lib, u qarzli moliyalashtirish kabi o’zgarmas daromadni talab qilivchi moliyalashtirish manbalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladi. Biz daromadlardagi bu ko’rinishdagi o’zgarish manbasini moliyaviy risk deb ataymiz.

    Biz endi firma daromadlaridagi bu uch o’zgarish manbasi alohida-alohida to’xtalib o’tamiz.
    Firmaning o’z biznesini boshlaydigan vaqtda belgilab qo’yadigan biznes riskining eng yuqori miqdoridir.
    Biznes riski
    Ammo, biznes riski firma daromadlarining o’zgaruvchanligiga ta’sir etgani uchun, u firmaning bir aksiyasiga to’g’ri keluvchi firma foydasiga ham ta’sir qilishi mumkin.

    1. Zarasizlik tahlili

    Zararsizlik miqdori - firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim bo’lgan mahsulot miqdori


    ol
    Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot birliklaii




    1. rasm. Yarim-o’zgaruvchan xarajatlarning mahsulotning mos hajmiga nisbatan o’zgarishi

    Bir firmada energiya xarajatlari asosan o’zgarmas bo’lsa, yana boshqa
    1 99
    firmada ular mahsulot hajmiga qarab o’zgarishi mumkin .
    Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o’zgarmas bo’lishi mumkin, keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog’onaga ko’tarilgach ular ham keskin ko’tariladi va o’zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o’ssa, ular ham ko’payadi. Bunday xarajatlar yarim-o’zgaruvchan yoki yarim-o’zgarmas xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin ham amaliyotda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga to’lanadigan ish haqi bunga misol bo’lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to’g’ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o’xshash, sotuvchilarga to’lanadigan komission haq ular ko’proq sotganlari sayin ortib boradi. Xarajatlarning bu turdagi xususiyati 3 chizmada tasvirlangan.
    Zararsizlik modelini qo’llash va murakkab xarajatlar strukturasi masalasini hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash (1) va ushbu ishlab chiqarish hajmiga muvofiq ravishda yarim-o’zgaruvchan xarajat moddalarining bir qismini o’zgarmas, qolganini esa o’zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni o’zgarmas va o’zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga ko’proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.
    Jami daromad va ishlab chiqarish hajmi. O’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlardan tashqari, zararsizlik modeli savdodan olingan jami daromad va ishlab chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o’z ichiga oladi. Jami daromad jami savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot birligi narxining sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda ifodalash mumkin.
    Zararsizlik nuqtasini topish
    Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan zararsizlik nuqtasini topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab o’tilgan zararsizlik modelining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli firmaning daromadlar to’g’risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko’rinishida ifodalashni talab etadi:

    Yüklə 4,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin