“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   202
Moliya UMK

 
2.Tizimli risk va betalar
101
Biz o'rganganimizdek, har qanday aksiyalarning daromadini qo’ydagicha 
yozish mumkin: 
R = R + U
Bu yerda 
R

haqiqiy daromad

R

kutilayotgan daromad
va 
U

daromadning kutilmagan bir qismi
ifodalaydi. Bu yerda U - 
kutilmayotgan
voqea 
hodisa natijasidagi risk aks ettadi. 
Biz ma’lumki har qanday aksiyalarning riski yana qo’shimcha ikki turga 
bo’linadi: 
Tizimli va tizimsiz
. Biz qo’yidagicha yozishiz mumkin: 
R = R + m + e
Bu yerda biz 
m
harfini tizimli riskni ifodalash uchun ishlatdik va Greek harfi 
epsilon, 
e
, tizimsiz riskni ifodalaydi. 
Shu narsa ma’lumki, 2 ta kompaniya daromadining tizimsiz qismlari bir-
biriga bog'liq bo'lmaydi, bu tizimli qisimlar ham bog’liqmas degani emas. Bunga 
qarama-qarshi, ikkata alohida kompaniyaga bir xil tizimli risk ta’sir qilganda 
ularning ummumiy daromadlari bir biriga bog’liq bo’ladi. 
Misol uchun, inflyatsiya haqida xabar ma’lum darajada deyarli barcha 
kompaniyalar ta'sir qiladi. Inflyatsiyaning kutilmagan o'zgarishlari alohida 
aksiyalar tushumiga qanchalik ta’sir qiladi? Agar yangiliklarda inflyatsiya oshishi 
kutilayotganda aksiyalar ham ko’tariladigan bo’lsa, biz uni inflyatsiya bilan ijobiy 
bog’liq deymiz. Qachonki inflyatsiya oshishi kutilayotganda agar aksiyalar 
pasayotgan bo’lsa yoki aksiyalar oshayotganda holda inflyatisya qisqa tushishi 
kutilyotgan bo’lsa unda bir biriga salbiy bog’liq bo’ladi. Kam holatlardagina 
aksiyadan tushadigan daromad inflyatsiya bilan bo’gliq emas, inflyatsiya unga 
hech qanday ta'siri yo'q bo’ladi. 
Biz 
beta koeffisiyenti
dan foydalanib aksiyalar bilan bog'liq inflyatsiyaga 
tizimli riskning ta'sirni ko’ramiz. Beta koeffisiyenti, β bizga aksiyadan tushumning 
tizimli riskga ta’sirini bildiradi. Oldingi bobda, beta qimmatli qog’ozlarning 
ma’lum bir risk omiliga ta’siri orqali o’lchandi, ya’ni portfel bozordagi daromadlar 
orqali. Biz moliyaviy aktivlarni baholash modelini ishlab chiqish uchun 
ta’sirchanlikning bu turini ishlatdik. Chunki, biz hozir tizimli risklarni ko'p turini 
ko'rib chiqamiz, bizning hozirgi ishimiz avvalgi bobdagi ishimizni umumlashtirish 
sifatida ko'rish mumkin. 
Agar kompaniyaning aksiyalari inflyatsiya riskiga ijobiy bog’liq bo’lsa, 
o’sha aksiyada musbat inflyatsion beta bor. Agar inflyatsiyaga salbiy bog’liq 
101
Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 7/E, Pearson, 2012, 
p 194-197 


163 
bo’lsa, uning inflyatsiya betasi manfiy: agar u inflyatsiyaga bog’liq bo’lmasa, 
uning inflyasion betasi nolga teng. 
Buni tasavvur qilish qiyin emas ma’lum bir aksiyalar musbat inflyatsion 
betalar va boshqalari manfiy inflyatsion betalardir. Oltin koniga ega 
kompaniyaning aksiyalari musbat inflyatsion beta bo’lishi mumkin, chunki 
kutilmagan inflyatsiyaning ko’tarilishi odatda oltin narxi ko’tarilishi bilan bog’liq. 
Boshqa tomondan, bir avtomobil kompaniyasi inflyatsiya ko’tarilishi natijasida 
qattiq tashqi raqobatga duch kelishi mumkin ish haqiga yuqori haq to’lashi kerak 
degan ma'noni anglatadi, lekin kompaniya bu ortishi qoplash uchun o'z narxlarni 
oshirolmaydi. Bu foydani kamaytiradi, kompaniyaning xarajatlari uning 
daromadlaridan ko’ra tezroq o’sganligi sababli uning aksiyalari manfiy inflyatsion 
beta bo’ladi. 
Ba'zi kompaniyalar bir necha aktivlarga ega va brokerlardek xatti-harakat 
qiladi - raqobatbardosh bozorlarda mahsulot sotib oladi va boshqa bozorlarda 
ularni sotadi – ular nisbattan inflyatsiya darajasidan ta’sir ko’rmaydi, chunki 
ularning xarajatlari va daromad oshadi va birga tushadi. Ularning aksiyalari nol 
inflyatsion beta bo’ladi. 
Ba'zi tuzilishlar, bu nuqtada foydalidir. Faraz qiling biz e’tirbor qilishni 
xoxlagan 3 ta tizimli risklarni aniqladik. Biz tizimli risklarni tasvirlash uchun 
tanlaganlarimiz uchalasi aksiyalar daromatiga ta’sir qilishiga ishonishimiz 
mumkin. Bu 3 ta nomzod inflyatsiya, YaMM va foiz stavkalari. Shunday qilib, har 
bir aksiya beta bog’liqlik bor har bir tizimli risklar bilan: Inflyatsion beta, YaMM 
beta va foiz stavkasi beta. Biz aksiyalardan tushadigan daromadni quyidagi shaklda 
yozamiz:

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin