“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Biznes olib borishning asosiy



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202
Moliya UMK

Biznes olib borishning asosiy 
tashkiliy shakllari
 
Yakka egalik
Shirkat (yoki sheriklik)
Korporatsiya
Bitta odam yoki 
oilaga tegishli 
firma
Ikki va undan ko’p
kishi (oila) mulki bo’lgan 
firma
Mustaqil
yuridik
shaxs


17 
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, 
korporatsiya 
(corporation) – 
bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi. 
Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. 
Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin. Bundan tashqari
korporatsiyalarni va biznes yuritishning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda 
ham farq bor.
Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya 
daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga 
proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida) 
huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z 
navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar. 
Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. Ammo turli 
toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin. 
Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)ning afzal tomoni 
shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa 
egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati 
cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir 
bo‘lmasa, kreditor
10
lar aksiyadorlarning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya 
aktivlarini xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda asosiy (bosh) 
sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar 
kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar.
Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs 
yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda 
aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi 
jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya 
(private corporations) deb ataladi.
Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha qonunlar bilan 
muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat ichida bunday firmalar faoliyati turli 
yurisdiksiyaga tushishi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar davlat 
darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi). 
Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporatsiya ekanligini 
quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, AQShda firma-korporatsiya nomiga 
inglizcha incorporated so‘zidan olingan qisqartma ink; Fransiyada – SA harflari 
(Societe Anonime); Italiyada – SpA (Societa per Azione); Niderlan-diyada – NV 
(Naamloze Vennootdchap); Shvetsiyada – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi. 
Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaften deb ataladi va 
bunday korporatsiyani firma nomining oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi; 
xususiy korporatsiyalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung deb ataladi va 
ularning nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk Britaniyada PLS harflari 
mas’uliyati cheklangan ochiq kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar 
uchun xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi korporatsiyalar 
Amsterdam va Londonda XVII asrda tashkil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik 
10
“Kreditor” lotincha “creditor” – qarz beruvchi. Mol yoki pulni nasiyaga, qarzga bergan muassasa yoki shaxs. 
Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 415. 


18 
kompaniyasi” (joint stock companies) degan ma’noni anglatgan. Bizning kunlarda 
bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin