14
asrning 70-yillarida
ITT
ulkan ko‘p
millatli konglomerat
8
ga aylandi. Asosiy
faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasiga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh
tikish, non mahsulotlari, yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab
chiqarish, shuningdek tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish kirar edi.
O‘tgan asrning 80-yillari davomida kompaniya shu faoliyat turlarining ko‘pchiligi
bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor
biznesiga qaratdi. 1996
yilga kelib esa, korporatsiya umuman telefon va telegraf
uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni
to‘xtatdi.
Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab
olgach,
kompaniya
menejerlari
fabrika,
mashina
uskunalari,
tad-qiqot
o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxona-lar va boshqa
uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda
buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari
kerak bo‘ladi. Bu jarayon
investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting
process)
deb ataladi.
Bunday
tahlil birligi
investitsion loyiha (investment project)
hisoblanadi.
Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat
(maqsad)larni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash
va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng shu
loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni
rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli
qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki
firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining
amaliy moliyaviy rejasini
ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin
moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin.
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqa-rishi
mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqari-ladigan
standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar,
obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy
talablar (claims), ya’ni
bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara
shartnomalari va pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga
qo‘yilishi mumkin.
Korporatsiya kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egala-ridan har biri
korporatsiya daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan,
obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, aksiyadorlarga
esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan keyin qolgan
mablag‘ to‘lanadi. Kompaniya ishining qanday nazorat qilinishi qisman kapital
tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar kengashiga o‘z
8
“Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan,
to‘plangan” deb tarjima qilinib,
jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik
ko‘shilmasidan iborat narsa; qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398.
15
vakillarini saylash huquqidan foyda-langan holda boshqaradilar, obligatsiyalar
chiqarish va kompaniyaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p hollarda,
undan ma’lum shartlarni
bajarishni taqozo etadi,
ushbu shartlar, o‘z navbatida,
kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘ladi
(covenants ) va boshqaruv xodimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma
cheklovlari tufayli kreditorlar ma’lum darajada kompaniya menejerlarining ishi
(faoliyati)ni nazorat qila oladilar.
Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir
ko‘rsatadi. Agar menejerlar kompaniyaning kunlik moliyaviy ishla-riga doimiy
diqqat qilmasalar (e’tibor bermasalar), eng oqil tuzilgan
uzoq muddatli reja ham
ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib kelayotgan muvaffaqiyatli
firmada ham kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari vaqt jihatidan aniq bir-biriga mos
tushmasligi mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida
amalga oshirishlarini muntazam tekshirib turishlari kerak va hokazo. Boshqacha
qilib aytganda, menejerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday
amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining operatsion defitsiti doimo
to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib keladigan
tarzda investitsiya
qilinishi kerak
9
.
Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har bir qaror, xoh u
investitsiyalash, xoh moliyalashtirish yoki aylanma kapitalni boshqarish masalasi
bo‘lsin, muayyan ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek tadbirkorlik
faoliyatini
boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat yuritadigan raqobat
muhiti kabi omillarga bog‘liq. Firma tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari ham
bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: