toza (sof) bahosi (qiymati) (net worth) uning mulki bahosidan uning qarz
majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.
Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln.so‘m turadigan uy egasisiz va bankdagi
hisob raqamingizda 20 mln.so‘mingiz bor. Bundan tashqari, Siz bankka 80 mln.
so‘m qarzsiz. Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas mulkni
garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat), va 5 mln. so‘m miqdorida kredit
kartochkasi bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni
ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni tashkil
etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz majburiyatlari summasi (85 mln.
so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday
resurlari uy xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir (yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki aksiyalarga, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha polislarga egalik
qilish yoki pensiya rejalarida ishtirok etish orqali) va soliq to‘laydilar. Bu soliqlar
esa, davlat tomonidan sarflanadi.
Odamlarning ehtiyoji moliya nazariyasida mavjud narsa sifatida talqin
etiladi. Bu ehtiyojlar vaqt o‘tib o‘zgarishi mumkin. Lekin buning qanday qilib va
nima uchun yuz berishi mazkur nazariya chegaralaridan tashqariga chiqadi. Unga
ko‘ra, odamlarning hatti-harakatini o‘z ehtiyoj-larini qondirishga intilishlari bilan
tushuntirish mumkin bo‘lsa, firmalar, davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini
shu faoliyat odamlarning farovonligiga qanday qilib ta’sir qilishi nuqtai nazaridan
baholanadi.
1-nazorat uchun savol Uy xo‘jaliklari qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning
to‘rtta asosiy turi qanday (nimalardan iborat)? Har biriga misol keltiring.
2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm
(o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy
biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf
(qutb)da – yuzlab, ba’zida
Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p
korporatsiyalar turadi.
Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi