16
1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga
ta’siri
Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli mavjud: yakka egalik,
shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya (3.1-rasm).
3.1-rasm.
Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakllari
Yakka egalik
(sole proprietorship), bitta odam
yoki oilaga tegishli firma
bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining
mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari
bo‘yicha
cheklanmagan majburiyatlarga
yoki
cheklanmagan mas’uliyatga
(unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining
talablarini qondirish uchun o‘z qarz
majburiyatlarini bajara olmasa, u holda
kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.
Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi.
Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi.
Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki
kichkina ustaxona – butun faoliyat davomida yakka
mulkligicha qolishi ham
mumkin.
Shirkat
(partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan
firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar.
Sheriklik kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning
daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi.
Kelishuvda boshqa
shart belgilangan bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi,
majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.
Ammo, sheriklarning majburiyatlarini ma’lum
darajada cheklash ham
mumkin. U holda bunday sheriklar
mas’uliyati cheklangan sheriklar
, yoki
kommanditlar deb ataladilar (limited partners).
Biroq bunda, sheriklarning hech
bo‘lmasa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega
bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat
faoliyatiga taalluqli kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu
asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: