Moliya Instituti E. Egamberdiev X


salbiy ijtimoiy xolatlarni oldini olishi lozim



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə3/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Kichik biznes

salbiy ijtimoiy xolatlarni oldini olishi lozim.


Bulardan ko’rinib turibdiki kichik biznes va tadbirkorlik fanini o’qitilishi davr talabining taqozosi, bozor munosabatlariga o’tishning ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqqan. Shu tufayli bu fanni o’qish, o’rganish yoshlarimizni, talabalarni va shunday faoliyat turi bilan shug’ulanuvchilarni bilimini oshiradi, to’ldiradi, ularning tadbirkorlik sohasidagi qobiliyati, tashabbusi va foydali xatti - xarakatlarini oshiradi. Demak, fanning maqsadi - zamonaviy biznes yo’nalishlarini taxlil qilish, o’rganish, uning rivojini ta’minlash yo’llarini ko’rsatish va unga taa’luqli bo’lgan nazariy bilimlar bilan, biznes sohasida qo’lga kiritilgan tajriba va yutuqlar bilan tanishtirish, ularni o’rganish xisoblanadi, shulardan kelib chiqib, fanning vazifasi - konkret firma va korxonalarni rivojlantirish darajasini o’rganish, istiqbollarini ko’rsatish, undagi xodisa va jarayonlarini taxlil qilish, ijobiy tajribalarini O’zbekiston Respublikasi sharoitida qo’llash imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir. Hodisa va jarayonlarni taxlil kilish rakobatchilik sharoitida amal qilayotgan xo’jaliklarning xatti-xarakatlarini foydali bo’lish yo’llarini o’rgatish, bu soxadagi nazariy va amaliy bilimlar bilan talabalarni kurollantirishdan iboratdir. Bulardan fanning moxiyati yoki predmeti kelib chiqadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik fanining o’rganish ob’ekti bo’lib nodavlat mulk
shakllariga asoslangan ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar va resurslarni taksimlanishi, ulardan foydalanishni tashkil etish, va pirovard natijada iste’mol bozorini tovarlar bilan to’ldirib maksimal foydaga erishish yo’llarini topish xisoblanadi. Albatta foydaga erishish uchun birinchi galda kimga nima ishlab chiqarish zarurligi to’g’risida bir karorga kelish zarur.
Fanni o’rganish ob’ekti bo’lib - firma yoki korxonalar xisoblanadi. Firmalarning faoliyat yuritish muxitini taxlili asosida o’sish imkoniyatlarini tanlash, rivojlanish strategiyasini belgilash va uni rejalashtirishni tashkil etish xamda boshka strategik axamiyatga molik bo’lgan savollar va muammolarga javob berish xam ushbu fanning ob’ektlari jumlasiga kiradi.
Fanni o’rganishda biznesning nazariy va amaliy tomonlarini bog’lab olib borish zarur. Biznes soxasidagi bilimlarni kengaytirish, takomillashtirish uchun AKSh, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi iktisodiy rivojlangan davlatlarning mashxur firmalari faoliyatidan va to’plagan tajribalaridan misollar keltirib o’rganiladi.
Xozirgi vaqtda biznesni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan fanlar va soxalar toboro kengayib bormokda. Ular: «Bozor iqtisodiyoti asoslari», «Biznes asoslari»,
«Biznesni boshqarish», «Xalkaro biznes», «Biznes etikasi», «Mikroiqtisodiyot»,
«Makroiqtisodiyot asoslari», «Iktisodiyot nazariyasi», «Mikroiqtisodiy statistika»
«Makroiqtisodiy statistika», «Bank statistikasi», «Korxona iqtisodiyoti» «Mehnat iqtisodiyoti va sotsologiyasi» va boshka fanlar. Bir-biriga tutash, bog’liq fanlar soxasidagi bilimlarni egallash, kichik biznes va tadbirkorlik fanini chukur egallashga xizmat kiladi. Bunda bir kator asosiy tushunchalar va kabul etilgan umumiy iboralar bilan ish yuritiladi, ularni moxiyatini bilish, oydinlashtirish muxim axamiyat kasb etadi. Bunday iboralar, masalan, biznes, marketing, menejment, bozor, bozor iqtisodiyoti, bozor mexanizmi, rakobat, bozor davri, xarajatning foydaliligi, bozor muvozanati, maxsulot differentsiatsiyasi, bozor infrastrukturasi, tovar, baxo talab, taklif, talab va taklif muvozanati, umumiy bozor talabi, izokvanta, izokosta, pirovard xarajatlar, pirovard foydalilik, investitsiya, multiplikator, foyda, iktisodiy foyda, normal foyda, ichki va tashki xarajatlar, kontsern, konsortsium korporatsiya, firmalar ularning «foydali xarakati» va boshkalar. Shuning uchun ushbu fanni o’rganishda xam albatta bozor iktisodiyotiga bag’ishlangan lug’atlardan foydalanish zarur bo’ladi.

    1. Yüklə 349,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin