Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə7/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98
Kichik biznes

Tadbirkorlik ob’ekti bo’lib ishlab chiqarish omillarini samarador kombinatsiyasini okilona ishlab chiqish va natijada maksimal darajada daromad olish hisoblanadi.
Biznesga bozor orqali talab-ehtiyojni qondiruvchi faoliyat ham kiradi. Iste’molchilar (xaridorlar)ning biznesda ishtirok etishdan manfaati tovar va xizmatlarni sotib olishlaridir. Tadbirkorlik biznesidan farqliroq iste’molchi biznesida hamma fuqarolar qatnashadi, ularning talab-ehtiyojlarini bozor orqali qondirish zarurati faol tadbirkorlikni talab qiladi. Tadbirkorlik biznesning bir qismi, u tovarlar ishlab chiqarish va xizmat turlarini ko’rsatish yo’li bilan daromad tpishdir. Biznesga tadbirkorlikdan tashqari boshqa yo’l bilan, masalan pul yoki qimmatbaho buyumlarni bankka qo’yib, daromad topish yoki ijaraga berib pul topish kabilar kiradi, lekin bu faoliyat sohalarida yaratuvchilik yo’q, ya’ni hech bir narsani yaratmay, u boylikdan boylik undirishdan iborat xolos.
Biznes munosabatining ikkita asosiy talabi bor. Birinchidan, biznes ishtirokchilari suverenitetga, mustaqillik, erkinlikka ega bo’lishlari shart. Ammo bu biznes sub’ektlarining mustaqilligi bilan cheklanmaydi, balki har bir sub’ektning boshqa sub’ekt, ya’ni o’zi aloqa qiladigan sub’ekt manfaatlari bilan hisoblashish, uning niyatlarini va xatti - xarakatlarini bilish va to’g’ri tushunishni ham talab qiladi. Sub’ektlarning biznes yuzasidan bo’lgan munosabatlari belgilangan tartib-qoidalar doirasida bo’ladi va buni davlat nazorat qiladi. Ikkinchidan, biznes aloqlaridagi sub’ektlar manfaatlarining murosali munosabatda bo’lishi talab qilinadi. Murosa ish yuzasidan bir-biri bilan aloqa qiluvchilar o’zaro majburiyatlarini kanda qilmay bajarishlarini, xatti-xarakatlari har ikki tomonga zarar keltirmasligini, ularning suvereniteti buzilmasligini taqozo etadi. Garchi nazariy jihatdan biznes va tadbirkorlik tushunchalari o’rtasida farq bo’lsada, biroq kundalik xayotda biznes bilan shug’ullanuvchi barcha kishilarni tadbirkor deb hisoblanadi.
Bu tushunchalar sinonim sifatida ishlatiladi. Ayrim xollarda ular o’rtasida farq
ajratilmaydi, ba’zi xolatlarda xam ikkala so’z ham ishlatiladi. Balki bu tushunchalar o’rtasida farq va o’xshash tomonlari ham bor.
Buni biz quyidagi fikrlardan bilamiz.
Kichik biznesda, butun bozor iqtisodiyoti singari uchta asosiy jarayon amal qiladi va unda uch xil tabaqadagi shaxslar ishtirok etadi. ularning tavsiloti quyidagi jadvalda keltirilgan.
Yakka xolda tadbirkorlikda, mikrofirmalar, kichik korxonalarda tadbirkor, biznesmen va menedjer bitta shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Tadbirkorlar yangi korxona yaratadi, unda o’zi biznes bilan shug’ullanadi va uning o’zi menedjerlik vazifasini bajaradi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin