Tadbirkorlik xususiyatlari uning quyidagi asosiy vazifalarini keltib chiqadi:
1. Tadbirkor maqsadni aniq belgilaydi, ishlab chiqarish dasturini tuzadi va unga erishadi. Er, kapital va mehnat resurslarini, tovar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarish maqsadida ularni yagona jarayonga birlashtiradi. Tashabbusnio’zqo’ligaoladi. Tadbirkor bir vaqtning o’zida ishlab chiqarishni xarakatga keltiruvchi kuch va o’rtada turgan vositachi hisoblanadi. Foydali jarayonlarni amalga oshirish uchun boshqa resurslarning qo’shilishini ta’minlaydi. Dasturda maqsadga erishishning yo’l-yo’riqlari, ta’minot va xarid kabi bandlari o’z aksini topishi lozim. Dasturning bandlar soni, qanday davrni o’z ichiga olishi, korxonaning qanday bo’limlari uchun tuzilishi, ichki sharoitlari va tashqi muhitning o’zgarishi ham o’z aksini topishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkor korxona dasturini tuzishda quyidagi asosiy mulohazaga e’tibor beradi:
Maqsadga qanday erishish mumkin;
Korxonani kelajakda nimalar kutmoqda (ya’ni ishlarni rejalashtirish).
Agar shu ikkita mo’ljal bir-biriga mos keltira olinsa, korxona faoliyati dasturini tuza olish mumkin. Dastur tuzishni shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin:
Mahsulot sotiladigan bozorni tahlil etish lozim. Tahlil ikki yoqlama uzviy bog’langan holda qilinadi. Birinchisi, korxona ishlab chiqargan mahsulotning bozordagi ijobiy tomonlarini o’rganib chiqish, ikkinchisi salbiy tomonlarini chamalab ko’rish. Ikkala holda ham tadbirkor talab va taklif o’zgarishi, fan va texnika yutuqlari, raqobat o’zgarishini hisobga olgan holda bir yildan besh yilgacha bashorat qilishi kerak.
Korxonaning ichki imkoniyatlarini to’liq hisobga olgan holda maqsadni to’g’ri qo’ya bilish. Eng yaxshisi, korxonaning kuchli tomonlari va kamchiliklari bir-biri bilan solishtirilib, talab va taklifning o’zgarishiga bog’lanadi. Solishtirish natijasida qaysi maqsad imkoniyatga mos keladi, qaysinisi mos kelmasligi yaqqol ko’rinib qoladi. Shular asosida tadbirkor
o’z maqsadini yana bir bor qayta ko’rishi lozim. So’ngra imkoniyat mavjud bo’lgan, uddasidan chiqa oladigan vazifalar tanlanadi.
Korxona faoliyati rivojlaishining eng foydali variantini tanlab olish. Korxonaning xom-ashyosi va tashkiliy imkoniyatlari majmuasi aniqlanadi. Bunda asosan uchta ko’rsatkichga e’tibor berish kerak:
korxonaning bozor muhitida tutgan o’rni, ya’ni chiqariladigan mahsulotlarning qanchalik talabga javob berayotganligi, sifat jihatidan ham, son jihatidan ham;
korxona qaysi xo’jalik shakliga mansubligi, ya’ni tarmoqqa qarashlimi yoki xo’jalik sektorigami va x.k,;
v) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turining xilma-xilligi, ya’ni taklif etilayotgan turning talabga qanchalik mos kelayotganligi.
Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, korxona doirasida ham, bozor sharoitida ham o’zining kelib chiqishi va xususiyatlariga ko’ra bashorat qilish ancha mushkul ishdir. Shu sababli dastur tuzishda uchinchi bosqichni o’rganayotganda qo’shimcha maslahatchilarga murojat etish maqsadga muvofiqdir.