Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə23/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98
Kichik biznes

Mulkning o’zi nima? U inson tomonidan uylab topilmagan, balki jamiyat tarixi rivojining, birinchi navbatda xo’jalik hayotining maxsuli hisoblanadi. Hayotda mulkchilik buyumlarni, moddiy ne’matlarni kimgadir tegishli bo’lishi, ya’ni kishilarning buyumlarga munosabati sifatida ta’riflanadi.. Iqtisodiy ishlab chiqarishda mulkchilik kishilarning ob’ektiv axvolini, ularning sinfiy fikrlarini va ular o’rtasidagi sinfiy munosabatlarini ifodalaydi.
Kishilarning buyumlarga bo’lgan munosabati ularni ishlab chikarish, taksimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida yuzaga keladi. Mulkchilikni mohiyati ham shundadir. Jamiyat ishlab chikarish kuchlarining rivoji ham ana shu munosabatlar xarakteriga bog’liqdir. Umumiy mulkchilik yo’q va bulishi mumkin emas, u har doim tarixan aniq shakllarda namoyon bo’ladi.
Bizga tarixda mulkchilikning bir birini almashuvchi quyidagi shakllari ma’lum: shaxsiy, jamoa va ijtimoiy. Yagona mulkchilik shakli turli xil iqtisodiy mazmunga ega bulishi mumkin va demak ularning ijtimoiy tabiati ham xilma xil bo’ladi. Mulkchilik shakllarining mohiyatini shu davrdagi kishilarning ishlab chiqarish munosabatlari belgilaydi.
Demak mulkchilik o’zida jamiyatdagi ham xuquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Agar mulkdan foydalanish mumkin bo’lmasa, mulk egasiga daromad keltirmasa, unda u «huquqiy funktsiyasi»da qoladi. Mulkdan foydalanish iqtisodiy munosabatlar asosida sodir bo’ladi. Aniqroq aytsak, mulkiy munosabatlar xo’jalik va soxibkorlik faoliyati orqali ruyobga chiqadi. Buning uchun mulkka egalik qilish zarur.
Ishlab chikarish vositalariga yuridik jixatdan egalik qilmay xech kim ishlab chikarishni amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ular yordamida olingan maxsulotdan foydalana olmaydi. Shuning uchun mulkiy huquqning normalari (egalik qilish, ta’sarruf etish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarni konkretlashtirish shakli hisoblanadi*.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin