Shunday qilib mulkiy munosabatlar - bu ishlab chiqarish vositalari va ularning yordamida yaratilgan mehnat maxsulini o’zlashtirish borasida kishilarning bir - birlariga bo’lgan munosabatlaridir
Shunday qilib mulkiy munosabatlar - bu ishlab chiqarish vositalari va ularning yordamida yaratilgan mehnat maxsulini o’zlashtirish borasida kishilarning bir - birlariga bo’lgan munosabatlaridir.
Mulk - jamiyatdagi mavjud moddiy ne’matlarni o’zlashtirishning tarixiy ijtimoiy shaklidir.
1* (Mulkiy huquq tug’risidagi «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik tug’risida»gi qonunga karang. 1990 yil 31oktyabr №152-XII). Birinchi modda.
Mulk iqtisodiy kategoriya sifatida har qanday ijtimoiy iqtisodiy formatsiyada ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil etadi va ularning xusussiyatlarini belgilab beradi. Mulk tarixan olganda jamoa sifatida yuzaga keladi, so’ng xususiy mulkka aylanadi, nixoyat mexnatkashlar uyushmasi mulkiga o’sib o’tadi.
Mulkchilik bu ijtimoiy mehnat maxsulidir, mulkchilikning ijtimoiy iqtisodiy jixatlari bordir. Har bir tarixiy davrda mulkchilik turli xil va butunlay turlicha ijtimoiy munosabatlarda rivojlangan. Mulkchilikni tavsiflaganda uning iqtisodiymazmunixalqiluvchiahamiyatgaega.Bushunibildiradiki,mulkningtubmazmuniniilmiytushunishuchun,birinchigaldauningobe’ktlari,(er,mashinalar, binolar, iste’mol buyumlari) yoki ular kimga (alohida shaxslarga,kishilarguruhiga,davlatga)tegishliekanliginiemas,balkiularqandayxususiylashtirilganligini,buxususiylashtirish,qandayishlabchiqarishmunosabatlariyordamidaamalgaoshirilganliginitushunishmuhimdir. Mehnatkashlar uyushmasi mulkni yoki ijtimoiy mulk uyushmaning o’z mulki, ularning o’zlari ham mulk egasi, ham ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bunday mulk shakli ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining to’g’ridan-to’g’ri bir kishini ta’minlaydi, ekspluatatsiyani inkor etadi. Demak, mulk ob’ekti bo’lib inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat maxsuli va mexnat resurslari (ish kuchi) xizmat kiladi.