Moliya Instituti E. Egamberdiev X


bosqich - Yakka yoki jamoa shaklidagi ishbilarmonlikni yuritish



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə20/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Kichik biznes

bosqich - Yakka yoki jamoa shaklidagi ishbilarmonlikni yuritish


Ishbilarmonlik bilan shug’ullanishga qaror qilganingizdan keyin siz yana muhim tanlovni amalga oshirishingiz kerak: yakka ishbilarmonlikmi yoki jamoa ishbilarmonligimi?


Yakka ishbilarmonlik shundan iboratki, biznesmen ham tavakkalchilikni, ham javobgarlikni o’z bo’yniga oladi.
Mabodo siz ehtiyotkorlik qilmoqchi bo’lsangiz, tavakkalchilik miqdorini kamaytirmoqchi bo’lsangiz, javobgarlikni ayrim sheriklar bilan o’zaro bo’lishishingiz mumkin. Bu vaqtda siz jamoa ishbilarmonligini tanlaysiz.
Tashkilotingizning qanday shaklda bo’lishini tanlash juda katta ahamiyatga ega. Sizning faoliyatingiz na faqat o’zingizning hohishingizga, yashash muhitingizga, balki jamiyatingiz faoliyatiga, talablariga ham javob berishi lozim.


    1. bosqich - Bozor muhitiga ta’sir etish usullari


Bozor muhiti - sizning raqibingiz. Siz yoki xujum qilasiz, yoki himoyaga o’tasiz. Bozor muhitiga chiqishdan oldin talabgorlaringizning didlarini yaxshilab o’rganing va tijoratga katta ahamiyat bering. Bozor muhitining oldin kamroq qismini, keyinroq bo’lsa, ko’proq qismini egallashga xarakat qiling.
Egallangan muhitni saqlab qolish uchun va uni kengaytirish uchun, avvalom bor himoyaga o’tish lozim. Himoyalanadigan tashkilot eng oldin, mahsulotlarning raqobatchilari tomonidan chiqariladigan mahsulotlardan ustunlik tomonlarini himoya qilish kerak. Raqobatchilaringizga sifat jihatdan sizning mahsulotlaringizga teng bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqishga yo’l qo’ymasligingiz zarur. Bu degani - siz doim oldindan bo’lishingiz, ishlab chiqarishni tashkil etish kerak. Ishlab chiqarish - muvaffaqiyatning yarmidan ko’pidir. Texnika vositalarini tanlash, mehnat va iqtisodiy - tashkiliy ishlar, hisob - kitob ishlarini to’g’ri olib boring.
Mahsulotlarga bo’lgan talab juda o’zgaruvchandir. Bu o’zgarishlarni doimo kuzatish va ularni o’z faoliyatingizda doimo e’tiborga olish lozim. Sarf bo’layotgan xarajatlarni nimaga ketayotganini hamma vaqt kuzating, xatolarga iloji boricha yo’l qo’ymang. Siz hamma vaqt, qiyin paytlarda ham, oldinda borishingiz kerak. Shundagina yutuq sizni, siz yutuqni topasiz.



    1. Yüklə 349,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin