Biznes faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari ichki va tashqishiroitlargabo’linadi:
ichki sharoitlar - kapital yoki sarmoya egalari, menedjerlar va yollangan mehnat xodimlari o’rtasidagi munosabatlardan tashkil topadi;
tashqi muhit yoki sharoitlar - biznes faoliyatini tashkil etuvchilar bilan davlat va ijtimoiy tashkilotlar, tuzilmalar, xom’ashyo etkazib beruvchilar, kreditorlar va iste’molchilar o’rtasidagi aloqadorlik, bog’liqlik, ularning bir-biriga o’zaro ta’siri bilan ifodalanadi. Bunda ish bajarish mobaynidagi munosabatlar tizimiga jalb etilgan, tortilgan har bir kontragenlar albatta o’z manfaatlarini ko’zlaydilar. Bu manfaatlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Albatta bunday xila-xil manfaatlarni amalga oshirish ancha mushkul ish, ayrim xollarda bu talablarni amalga oshirish nizolarsiz bo’lmaydi. Shuning uchun biznes faoliyatining iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyati bu manfaatlarni mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish darajasiga bog’liq bo’ladi, ya’ni aloxida kontrogentlar manfaatlari o’rtasidagi farqni iloji boricha kamaytirish darajasiga va ularning maqsadlari o’rtasida muvozanatni o’rnata olish darajasiga bog’liqdir.
Biznes faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari albatta birday turmaydi, ular o’zgarishi bilan biznes faoliyatni tashkil etishning iqtisodiy jihatlari ham o’zgaradi. Bunga sabab:
Davlat ijtimoiy tashkilotlarining iqtisodiy mavqesi, rolining o’sib borishi bilan ijtimoiy buyurtmalarning xarakteri ham o’zgaradi. Davlat faqat byurtmachi bo’libgina qolmay (xususiy iste’molchilar va firmalar bilar bir qatorda), balki bozor iqtisodiyotini boshqaruvchi, biznes faoliyatini nazorat qiluvchi bo’lib yuzaga chiqadi.
Kredit - moliya tizimining rivojlanishi bilan biznes faoliti ko’proq qarz olib ishlashga bog’liq bo’lib qoladi.
Biznes - faoliyati jarayonida mulkiy munosabatlar o’zgaradi. Boshqaruvning mulkdan ajratilishi natijasida biznes - faoliyatning sub’ekti bo’lib menedjer - shu kasb egasi bo’lib qoladi. Umumiy rahbarlikni bunda, mulk egasi bajaraveradi.