Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 3 xil yo’nalishda bo’lishi mumkin.
Fuqarolarni mulkga egalik qilish shakllarini ko’paytirib, davlatga bog’liq bo’lmagan kimsalarni yaratish va shunga yarasha xo’jaliklarning ijtimoiy tipini yaratish;
Davlat xo’jaligini o’zini markazdan bo’ladiga ma’muriy rahbarlikdan bo’shatish;
Xususiylashtirish orqali davlat va davlat kooperativ mulkini bir qismini jamiyatning a’zolariga va jamoalariga topshirish.
O’zbekistonda mulk shakllari va korxonalar, ularning turlari va mohiyati.
«O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 4 moddasiga ko’ra quyidagi mulk shakllari ajratiladi:
Fukarolarning yakka tartibdagi shaxsiy va xususiy mulki.
Jamoa (shirkat) mulki, u o’z ichiga oila, mahalla, kooperativ mulkini ijaraga olingan korxona mulkini, aktsiyali, jamoa korxonalari, kontsernlar (konsortsiumlar), jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlar, shuningdek yuridik shaxs bo’lgan turli xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, uyushmalar mulki, ma’muriy xududiy tuzilmalar, kammunal xo’jaligi mulkidan iborat davlat mulki.
Aralash mulk.
Qo’shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar, davlatlar, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga keladi.
Tadbirkorlik faoliyatining yoki kichik biznesning dastlabki bosqichlaridagi asosiy masala - uni tashkil etish shakllari masalasidir.
Tadbirkorlik va biznesni tashkil etish shakllari turli xil adabiyotlarda turlicha nom bilan ataladi.X)* Amaliyotda tadbirkorlik yuqorida ko’rsatilgan mulk shakllari asosida quyidagi turlarda tashkil etiladi:
Yakkaxo’jalik (xususiy va oila xo’jaligi, shaxsiy xo’jalik)
O’rtoqlik uyushmasi:
Korparatsiya (yoki aktsionerlik uyushmalari, jamiyatlari) Boshqacha qilib aytsak: