Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə19/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
Kichik biznes

Shunday qilib, zamonaviy biznes - faoliyati to’g’risdan-to’g’ri ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va shaxslar, tashkilotlar, tuzilmalar o’rtasidagi munosabatlar tizimini ifodalaydi. Ular esa, biznes faoliyatining ichki va tashqi muhitini belgilaydi.


Tadbirkorlikni amalga oshirish bosqichlari: 1-bosqich - Sharoit va xolatlarni o’rganish.


Har qanday ishbilarmon biror ishni boshlashdan oldin o’sha vaqtdagi sharoitni va o’zi tutadigan o’rnini aniq bilishi kerak. Ayrim tashkilotlar o’z faoliyatlrini boshlash vaqtida qisman soliqlardan ozod etiladi va shu bilan birgalikda, kam miqdorli kreditlardan foydalanishlari ham mumkin bo’ladi. Siz xech qachon bunday imtiyozlardan foydalanishdan voz kechmang. Ammo Siz bulardan oldingizdagi xom ashyoning etishmasligi, mahsulotlarin-gizni xarid etilishida ayrim ovoragarchiliklarga uchrashingiz, ijtimoiy va siyosiy murakkabliklar kabi qiyinchiliklarni ham hisobga olishingiz lozim.


Yaxshi tinglash va izchil har-bir iqtisodiy xodisalarni o’rganish qobiliyatiga ega bo’lish ishbilarmon uchun eng kerakli vositalardan biridir. Eng kerakli axborotlarni yuqori malakali mutaxassislar, ekspertlar, matbuot vositalari va shular qatorida do’stlardan bilib olish katta san’atni talab etadi.


2-bosqich - Ishlab chiqarish sohasini tanlash


Siz o’z vaqtingizni sharoitini yaxshi o’rganib, o’z o’rningizni ham topdingiz deylik. Sizning endigina qadamingiz maxsus sohangizni tanlashdan iborat. Buni ikki yo’l bilan amalga oshirish mumkin:

  1. O’zingizning qandaydir ichki his-tuyg’ularingizga ishongan holda;

  2. Chuqur, izchil o’rganishlar va tekshirishlar asosida.

Har kim o’zi hohlagan yo’lini tanlashga haqqi bor, lekin ikkinchi yo’l hamma uchun foydalidir. Oldingizdagi qiyinchiliklardan aslo cho’chimaslik kerak.
Bir narsani unutmaslik kerakki, sizning talabgorlaringizga boshqa sizga o’xshagan tadbirkorlar, sizning raqobatchilaringiz ham qiziqishadi. Siz raqobatchilaringiz haqida ham iloji boricha ko’proq bilishga xarakat qilishingiz zarur, keyin bo’lsa, o’zingiz bilan raqobatchilaringizni taqqoslang.
Bozor muhitiga baho bering va bozor muhitining qancha miqdoriga egalik qilishni, tahminan bo’lsa ham hisoblang. Bu ish oson emas. Biznes - bu doimiy, barakali, izchil va tinimsiz ish bo’lib, u ayrim vaqtlarda xaddan tashqari ishbilarmonni charchatib qo’yadigan ishdir. Lekin siz o’zingizni tinchlantirishingiz mumkin, chunki siz ishbilarmonlarning birinchisi ham, oxirgisi ham emassiz. Rejali, unumli strategik ishbilarmonlik katta pul yutuqlariga erishishga olib keladi.

    1. Yüklə 349,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin