Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorning asosiy maqsadi o’z qo’l ostidagi ishlab chiqarish vositalaridan, ixtiyoridagi resusrslardan unumli foydalangan holda bozor talablariga to’g’ri javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarib, unumli foyda olishdir. Maqsadga erishish yo’llarini ishlab chiqishda tadbirkorlarning albatta o’z dasturi bo’lishi lozim. Dastur korxonaning katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkorlikni amalga oshirish shart-sharoitlari va bosqichlari
Biznes va tadbirkorlikning yuqorida aytilgan mohiyati va xususiyatlaridan kelib chiqadiki, biznesning yashashi va rivoj topishi uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur:
mulkka egalik qilish va pirovard maxsuldorlikka erishish va shunindek moddiy ne’matlarga egalik qilish xuquqini olish yoki u xuquqni boshqalarga o’tkazish imkoniyati;
nisbatan xo’jalik sub’ektlarini mustaqil faoliyat ko’rsata olishi, ularning xo’jalik faoliyatida iqtisodiy jihatdan erkin bo’lishi; jumladan shartnoma tuzishda, qo’shilishda, faoliyat turni tanlashda, iste’molchilarni tanlashda;
ayirboshlash shakllarini rivojlantirish, ya’ni tovar-pul munosabatlarining muvofiqligi, jumladan mehnatni erkin ravishda ayirboshlash, yollash, boshqachasiga aytsak - bozorga bemalol kirish imkoniyatlarining mavjudligi.