Tadbirokorliknazariyasigamuhimxissaqo’shganavtriyaiqtisodchisiI.Shumpeterdir. U o’zining 1912 yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi»
kitobida tadbirkorni ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangicha kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi deb ataydi. Yangi kombinatsiyalarni amalga oshirish deganda turli xildagi yangiliklarni kiritish, yangi narsalarni ishlab chiqarish ilgari noma’lum bo’lgan yoki yangi sifatdagilarni yaratish, yangi texnologiyalarni kiritish, mahsulot sotadigan yangi bozorlarni, xomashyo manba’larini o’zlashtirish, xo’jalik faoliyatida tashkiliy o’zgarishlar yaratilishlarni amalga oshirishni nazarda tutgan edi.
Shumpeter fikricha agar yangi kombinatsiyalar amalga oshirilmaydigan bo’lsa, u holda tadbirkorlik to’g’risida gapirishga asos yo’qdir.
Shumpeter fikricha tadbirkorlik eng avaalo iqtisodiy sohada namoyon bo’lsa ham, bu xodisa ko’proq ijtimoiy-iqtisodiy xodisa bo’lsay, balki psixologik voqelikdir. Keng ma’noda kishining tadbirkorlik xolati - bu tashabbuskorligi, novaterligi,
manfaatdorligi, ishga eskicha emas, yangicha yondoshishdir.
Shumpetertadbirokorlik faoliyatininguchasosiytomoniniajratadi: 1. Xokimlikka, xukmron bo’lish va erkinlikka intilish; 2. Kurashishga xoxish va muvaffaqiyat uchun muvaffaqiyatga intilish; 3. O’z ishidan xursand bo’lish, xuzr qilish, lekin bunday xolat uning xatti-xarakatlarini belgilovchi vosita bo’ladi.
Shumpeter iqtisodiy omillarning axamiyatini inkor etmay, uni tan olib aytadiki, xususiy mulk va foyda tadbirkorlikni ifodalovchi xususiyatar bilan yonma-yon bir qatorda turadi.
Nobelmukofotiningsovrundori(1974y)ingliziqtisodchisiF.Xayekafikrichatadbirkorlik bu biron bir kasb bilan shug’ullanishi emas, bu xo’jalik sub’ektining xatti-xarakatidir. Xayek tadbirkorlikni iqtisodiyot sohasidagi yanada aktivroq ko’rinadigan ijtimoiy-psixologiya voqea deb biladi.
Qat’iy qaror tadbirkorlik va xushyorlik – davlatni boshqarish qoydalaridan biri bo’lgan. Amir Temurning Movarannaxrda.