S.Ojegovaninglug’atitadbirkorto’g’risidagitushunchabirmunchato’ldirilgan: «Tadbirkor - eng kerak paytda o’ylab ish ko’radigan, chorasini topaoladigan, topqir, ixtirochi, ishga amaliy yondoshadigan kishidir».
Ikkala lug’atda ham tadbirkorlik faolitining aloxida xili, xatti-xarakatlari, yurish-turishlarida fikrlash qobiliyatlarida aloxida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan faoliyatdir. Bularning xammasi-tashabbuskorlik, xech kishiga ma’lum bo’lmagan usular bilan ish yuritish, tavakkalchilik, ishga yopishish kabi tomonlarni ifodalaydi.
Tadbirkorlik va tadbirkor to’g’risida yanada to’laroq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsak iqtisodiy fikrlarning qadimiy ildiziga, tubiga, shunday muammolar bilan shug’ullangan olimlar ishiga murojat qilishimiz zarur.
«Tadbirkor» tushunchasini birinchi marta XVIII asr boshida iqtisodiyotnazariyasigakiritganolimingliziqtisodchisiR.Kantilonbo’lgan. U ma’lum bo’lgan baholarda birovlarning tovarlarini sotib olib o’zinikini ham o’ziga noma’lum bo’lgan bahoda sotuvi noma’lum va belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishini tushungan. Bu erda - tavakkalchilik tadbirkorning eng asosiy ko’rsatkichi deb hisoblangan.
XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlaridagi frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey tadbirkorni o’z hisobiga va tavakkalchilik bilash ish boshlab qandaydir mahsulotni o’z foydasi uchun ishlab chiqaruvchi shaxs deb tushungan.
Uning ta’kidlashi bo’yicha, tadbirkor ishlab chiqarish omillri - kapital, mehnat, tabiiy resurslardan oqilona, o’rniga qo’yib foydalanadi. Sey tadbirkorning o’ziga xos xususiyatlarini, uning daromadini xarakterini etarli darajada batafsil yozgan edi.
Nemis iqtisodchisi V.Zombart(XIX asr oxiri - XX asr boshlarida) ko’rsatishi bo’yicha tadbirkor - bu zabt etuvchi, tavakkalchilikka tayyor turish qobiliyatiga ega bo’lgan, ma’naviy erkin, g’oyalarga boy, shijoatli va o’z so’zini o’tkazadigan, tashkilotchi, birgalikda bajariladigan ishga ko’pgina kishilarni birlashtiradigan shaxsdir.