Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə5/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Kichik biznes

Valyuta bozori moliya bozorining bir ko’rinishidir. Bunday bozorda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Bozorda korxona, firma, davlat idoralari va fukoralar katnashadi. O’zbekistonda valyuta oldi sotdi qilish operatsiyalari bilan Respublika Markaziy banki, Respublika tashqi iqtisodiy milliy banki va shunday faoliyat uchun ruxsat berilgan boshqa banklar shug’ullanadi.

  • Erkin bozor - bu raqobat bozoridir.

  • Bozor infratuzilmasi - bu bozorga xizmat qiluvchi barcha sohalar va ular o’rtasidagi munosabatlardir.

  • Bozor segmentatsiyasi - bu savdo - sotiqning shart-sharoitlariga, ma’lum xil belgilarga qarab ajratilishi, tabakalarga bo’linishidir. Bozor segmentlari nixoyatda xilma - xildir. Masalan, axoli soni, zichligi: axolini xarid qobiliyati; raqobatning bor yoki yo’qligi; tabiiy iqlim sharoiti; transport va aloqa shaxobchalarining mavjudligi ularni rivojlanish darajasi va boshqalar.

  • Baho diskriminatsiyasi deb bir xil, o’xshash tovarlarga har xil baho belgilash amaliyotiga aytiladi. Bunday amaliyotni zaruriyati talabni turli xil bozorlardagi tovarlarga nixoyatda o’zgaruvchan ekanligi va bu tovarlarni ikkinchi marta qayta sotish imkoniyati yo’qligiga aytiladi.

    II-BOB. BIZNES VA TADBIRKORLIKNI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI.





      1. Biznes va tadbirkorlik sub’ektlari va xususiyatlari

    Bugungi kunda ma’rifatli bozor iqtisodiyotining muhim talabi - kam mehnati sarflagan holda, ko’proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to’la qondirish va shu asosda foyda olishdan iborat. Bu boradagi ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy xarakatlantiruvchi kuch - tadbirkorlardir.
    Respublikamizning strategik yo’nalishi jamiyat va fan oldiga ishlab chiqarishning muntazam rivojlanishi ta’minlaydigan yangicha iqtisodiy munosabat va g’oyalarni qaror toptirish, iqtisodni boshqarishni tubdan qayta isloh qilish, yangicha xo’jalik yuritish usullarini doimo izlab topish va uni amaliy kundalik hayotga tadbiq qilishni talab qilmoqda. Bu quyidagilarni talab etadi:

      • Moddiy ishlab chiqarish sohasiga ko’proq ishbilarmon tadbirkor va bilimdon kishilarni jalb etish;

      • Menedjer, marketing, tadbirkorlik va bozor iqtisodiyoti sohasi bo’yicha, turli mutaxassislar uchun etarli har tomonlama doimo yangi bilim berishni keng tadbir-choralarini amalga oshirish;

      • Hozirgi bozor iqtisodiyoti muammolarini echadigan har xil mutaxassislarni tayyorlash;

      • Ishlab chiqarish jarayonlarini raqobatga chidamlik qilib tashkil etish;

      • Mulkning aksariyat qismini davlat tasarrufidan chiqarish; turli hil mulkchilik shakllarini joriy qilishni tezlashtirish;

      • Joylarda mahsulotlarni qayta ishlaydigan kichik korxonalar tashkil etish;

      • Shaxsiy yordamchi xo’jalikni yanada rivojlantirish;

      • Xususiy mulkchilikka keng imkon berish;

      • Aktsionerlik uyushmalarini tashkil etish;

      • Birgalikda aralash korxonalar qurish yo’liga o’tish;

      • Ijara, pudrat, dehqon (fermer) xo’jaligi ko’rinishlaridagi xo’jalik yuritish usulini qo’llashni yanada rivojlantirish;

      • Mehnat intizomini mustahkamlash;

      • Davlat bozor iqtisodiyoti sohasidagi strategik yo’nalishlari siyosatini tartibga solib, boshqarish yo’lini takomillashtirib borish;

      • Chet el munosabatlarini mustahkamlagan holda ularning kapitallaridan unumli foydalanish;

      • Moliya-kredit, soliq va bank ishlarini takomillashtirish va x.k.

    Biznes - biror faoliyat (ish) yuzasidan bo’lgan munosabat, aniqrog’i ishbilarmonlarning iqtisodiy munosabatlaridir.
    Biznesning uch turi ajratiladi:

    1. savdo - vositachilik

    2. ishab chiqarish biznesi

    3. xizmat ko’rsatish asosidagi biznes.

    Ishlab chiqarish biznesida ularning ikki tipi ajratiladi:

    1. Traditsion tipdagi tadbirkor. Bunday tadbirkor har doim talab qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaradi.

    2. Novator - tadbirkor. U yangi texnologiyalardan foydalanish asosida ixtirolarni ishlab chiqarishga qo’llaydi va avval ma’lum bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishni yangi usullar yordamida amalga oshiradi. Bunda yangi ishlab chiqarishlar, tarmoqlar yaratilishi mumkin.


    Yüklə 349,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin