Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Tadbirkorlik sub’ektlarini yaratish va tugatishdagi muammolar



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə45/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98
Kichik biznes

Tadbirkorlik sub’ektlarini yaratish va tugatishdagi muammolar


Respublikamizda 1992 yildan boshlab, ayniqsa 1995 yildan keyin tadbirkorlik sub’ektlarini yaratish kichik va xususiy korxonalarni yaratishning umumiy shartlari va printsiplari korxona to’g’risidagi, aktsioner jamiyatlari, tadbirkorlik to’g’risidagi, kichik va xususiy korxonalarni rag’batlantirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi (28 may 2000 y.) va «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida» 2001


y. 22 avgust 347 t.r. O’zbekiston Respublikasi Qarori va boshqa qonuniy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Lekin rasmiy va amaliy axborotlarni sinchkovlik bilan o’rganish tadbirkorlik sohasida Respublikamizda anchagina muammolar mavjudligini ko’rsatadi:

  • Tadbirkorlik sub’ektlarini yaratishdagi, ya’ni hujjatlarni tayyorlash, ularni ro’yxatdan o’tkazishdagi turli-tuman byurokratik to’siqlar, nayranglar natijasida sarf-harajatlar, vaqt va imkoniyatlarni bekor ketishi va pirovard natijada tadbirkorni bunday ishini boshlashdan sovib, bezor bo’lib ketishi, ishtiyoqni yo’qolishi;

  • Ro’yxatdan o’tib, keyinchalik tugatilib faoliyatini to’xtatgan korxonalarning mavjudligi. Ular 2000 yilning 1-yanva holatiga 19,5 % ni tashkil etgan yoki 34752 ta korxona bo’lgan. 1996 yili esa yaratilgan 7400 korxonadan 20 %, 1998 yili – 3700 tadan 70 % shunday korxonalar bo’lgan. Faqat Toshkent shahrida 2000 yilning 1 yanvariga 26 mingta kichik va o’rta biznes korxonalarining 6 mingtasini faoliyati yo’qligi topilgan, shulardan 4300 tasi yoki 71 % tugatilishi arafasida turgan, 1850 tasi topilmagan. Buning sabablari juda ko’p va xilma-xil.

  • O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlani holatiga ayrim iqtisodchi olimlarimiz har doim ham to’g’ri baho berib, muammolarni o’rtaga qo’yib, ochiq-oydin hal qilmasligi.

  • Vazirlar mahkamasining 1998 yil 27 maydagi «Kichik va o’rtacha tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish mehanizmini takomillashtirish to’g’risida» gi Farmoni vazirliklar, boshqarmalar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan

tadbirkorlar manfaatiga, davlat qonunlariga zid bo’lgan, undan yuqori qo’yilgan, tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etishida qiyinchiliklarni tug’diradigan, ko’pincha keraksiz hujjatlar talab qiladigan qo’llanmalar, me’yoriy aktlarni qabul qilinishini man qiladi. Lekin bunday holatlar etarli. Masalan, 2000 yilda prokuratura organlari noqonuniy huquqiy me’yoriy hujjatlarning 137-tasiga protest bergan.

  • Tadbirkorlik sub’ektlarining turlari, miqdori haqidagi axborotlarni nomutanosibligi iqtisodiyotni to’g’ri baholash imkoniyatini yo’qotadi…

  • Tadbirkorlik sub’ektlarini turlari bo’yicha ma’lumotlarni taqqoslashni mushkulligi.

  • Soliq tashkilotlari tadbirkorlarni tadbirkorlar uyushmasiga majburlab kirgizishi aks holda moliyaviy hisobotni qabul qilmaslik to’g’risidagi talabni qo’yilishi.

  • Tadbirkorlarning manfatlarini soliq inspektsiyasi vakillari, sanitar va boshqa xizmatchilarning qonunga zid xarakatlaridan himoyalashning samarali mexanizmini etishmasligi.

  • Kichik biznes sub’ektlarini ro’yxatdan tushirish va tugatish to’g’risida amal qilayotgan tartibni murakkabligi: agar hujjatlar to’liq bo’lsa yangi tartib bo’yicha (1 oktyabr 2001 yildan) korxonani ro’yxatdan o’tkazish 8-12 kunda bo’lsa, uni tugatish esa 6-7 oy talab qiladi.

  • Respublikamizda hozir xususiy korxonalarni yaratishdan ko’ra ularni tugatilishi ko’proqdir va mushkuldir.

Hozirgi kunda kichik va o’rta biznesning ichki mahsulot hajmidagi ulushi 24,5
%ni tashkil etgan. (2002 yil) Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa bu ko’rsatgich 50-60
% ni tashkil etadi. Mehnat bilan band bo’lgan aholining 65-70 % xuddi shu sohada hizmat ko’rsatadi.*
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin