Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə47/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Kichik biznes

Shartnoma - bu qishloq xo’jalik korxonalari, shu jumladan dexkon (fermer) xo’jaliklari bilan dexkonchilik mahsulotlarini xarid qiluvchilar (tayyorlov, savdo, qayta ishlovchi va boshqalar) o’rtasida tuziladigan qonuniy hujjatdir. Shartnomaga ko’ra ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, sifatda, assortimentda (turi va navi bo’yicha) va muddatlarda etishtirib berish majburiyatlarini olsa, ikkinchi tomondan (buyurtmachi, yoki iste’molchi) esa uni qabul qilib olish, qiymatini belgilangan va kelishilgan narxlarda to’lash hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, avans berish va mahsulotni transportda tashishda xo’jalikka yordam ko’rsatish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Majburiyat – bu fuqorolik xuquqiy munosabat bo’lib, unga asosan, bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan xarakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va x.k. yoki muayyan xarakatdan o’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa-qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarilishini talab qilish xuquqiga ega bo’ladi.


Shartnomalar - maxsulot etkazib berish shartnomalariga, xizmatlar ko’rsatish bo’yicha, ijara shartnomalariga va bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab boshqa turlarda bo’lishi mumkin. Mahsulot etkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli-5 yilgacha) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatlarga tuzilishi mumkin. Agar shartnomani amal qilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, u bir yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
Shartnomaning mohiyati qo’yidagi bandlar bo’yicha yoritilish mumkin:

    1. Shartnoma mohiyati (predmeti), nima to’g’risida ekanligi;

    2. Tomonlarning majburiyatlari;

    3. Mijozning (iste’molchining) majburiyatlari;

    4. Tomonlar huquqi

    5. Mijozning huquqlari

    6. Xizmatlarga iste’molchining pul to’lovlari miqdori va muddati

    7. Tomonlarning javobgarligi

    8. Fors-Major majburiyatlari

    9. Shartnomaning amal qilish muddati, uni o’zgartirish, uzish tartibi

    10. Shartnomaning boshqa shartlari

    11. Tomonlarning huquqiy manzili va to’lov xujjatlari.

Shartnoma - erkinlik, o’zaro manfatdorlik, shartnoma intizomiga rioya qilish, taraflarning mulkiy javobgarligi printsiplariga asoslanib tuziladi.
Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida, taraflardan birining Oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf (taklifni qabul qilishi) aktseptlashi yo’li bilan tuziladi.
Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan bo’lishi shart.
Oferta yo’llagan shaxs boshqa shaxsning (mijoz, iste’molchi va x.k.) aktseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
(O’zbekiston Respublikasi fuqorolik Kodeksi. Toshkent «Adolat» 1996 yil 154-156 betlar 27 bob. 364-370 moddalar).
Xo’jalik shartnomasi yozma shaklda, 3-nusxada xo’jalikni o’zida tuziladi.
Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan bo’lishi shart.
Tuzilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo’lib qoladi. Agarda oferta va aktsept talablari bajarilgan bo’lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin