Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Iqtisodiy salohiyatimizning



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə57/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
Kichik biznes

Iqtisodiy salohiyatimizning va daromadimizni, yangi bosqichga ko’taradigan yana bir dolzarb vazifa deyiladi, - birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida, - asosiy muammo va ustun yo’nalish – bu tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uning sifatini hamda raqobatga chidashni jahon bozori talablari darajasiga etkazish maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy - strukturaviy o’zgarishlarni amalga oshirishdir. Ammo hozirgi vaqtda ham (2001 yil) mamlakatimiz bo’yicha etishtirilayotgan hosilning qancha qismi qayta ishlanayotganligi ko’rsatuvchi faktlarga murojat qilsak, mevaning atigi 15 foizi, sabzavotning 10 foizi, poliz mahsulotlarining 5 foizi, uzumning 23 foizi, terining 26 foizi, junning 15 foizi, go’shtning 25 foizi, sutning 5 foizi qayta ishlanayotganini ko’rish mumkin.
Mana shu raqamlarning o’ziyoq iqtisodiyotning muhum sohasi hisoblangan tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes rivoji uchun foydalanilmayotgan qancha imkoniyatlar mavjudligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Biz ana shu imkoniyatlardan
to’la foydalana olsak, mazkur soha aholini ish bilan ta’minlashda, eng muyoimi, odamlarning daromadini oshirishda yangi manba bo’lib xizmat qiladi. Bunday imkoniyatlarimiz haqida esa ko’p gapirish mumkin.
Shuni unutmaslik zarurki, bugungi kunda etishtirilayotgan paxta xomashyosining faqat 25 foizigina o’zimizda qayta ishlanmoqda va tayyor mahsulotga aylantirilmoqda. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, paxta tolasi uzluksiz va har tomonlama sifatli qayta ishlanib, tayyor mahsulotga aylantirilsa, undan olinadigan daromad 6-7 barobar ortishi mumkin.
Ayni paytda shuni ham yodda tutish kerakki, buning uchun eng zamonaviy texnologiyalar, eng ilg’or uskuna va dastgohlar zarur.
Va, tabiiyki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardosh, jahon bozori talablariga javob beradigan bo’lishi uchun katta investitsiyalar kerak, albatta.
Jahon iqtisodiyotida o’z o’rnini topishga intilayotganhar bir mamlakat, o’zini mustaqil deb hisoblagan har bir davlat o’z iqtisodiyotini etakchi tarmoqlari va yo’nalishlarini belgilab olishi, jahon bozorida raqobatga chidamli mahsulotlarni qanday mablag’lardan ishlab chiqarishi zarurligini, va bu mahsulotlarni raqobatlasha olishini qanday qilib ta’minlash yo’llarini aniqlab olishdan iboratdir.
Bu xil muhim vazifalar xalq xo’jaligining dastlabki ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lgan – korxonalar, firmalar va turlicha mulk shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar faoliyatiga, marketing usuli bilan yondoshish orqali muvaffoqiyatli xal etiladi.
Marketing – bu, bozor bilan korxonani bog’lovchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Korxonaga nisbatan marketing - bu, talab va ehtiyojni ayirboshlash yo’li bilan qondirishga qaratilgan kishilar faoliyatining bir turidir. Bundan tashqari marketing mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning kompleks sistemasi bo’lib, u xaridorlarning talab va ehtiyojlarni har tomonlama va chuqur o’rganishiga asoslangan bo’ladi. Marketing - o’zgarib turadigan bozorga doimo moslashib borish sistemasidir. Uning tarkibida ishlab chiqarishga bo’lgan marketing, iste’mol tovarlariga bo’lgan marketing va xizmat ishlariga bo’lgan marketingni ajratish mumkin. Korxonada
marketing faoliyatini tashkil etish – bu birinchi galda bozor talabiga e’tibor berish, korxona faoliyatini unga qaratishdir. Bunda eng pirovard maqsad – xaridorlar talabini qondirishdir. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki sobiq mamlakatdagi korxonalarning 80 foizi bozorni mutlaqo o’rganmas ekan. Atigi 7 foiz korxonalar 3 yilda 1 marta reklama, savdo yarmarkalari, yangi tovarlar bilan savdo qilish kabi ayrim choralarni amalga oshirar ekan. Bozorni o’rganmagan korxonaning 75 foizi bunga sabab qilib qiziqish yo’qligini ko’rsatishdi.
Samaradorlikni oshirishning eng muhim, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda (masalan, Yaponiya) sinovdan o’tgan yo’llaridan biri bu zamonaviy texnologiya va uskunalarni o’rnatish, korxona ishchi va xizmatchilarini, ularning rahbarlari saviyasini, ish uslublarini jahon talablari darajasiga ko’tarish, ishlab chiqarilayotgan kundalik mahsulotni o’z xaridoriga etkazish va xaridorni qoniqtirishdan iboratdir. Bugungi kundagi eng muhim masala – bu kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, ularga keng imkoniyat va imtiyozlar tashkil qilib berishdir. O’zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan, shaxsan Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligida bunday imkoniyatlar yaratildi. Bir qancha qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi ular tashabbuskor va qobiliyatli ishbilarmon, tadbirkorlar safini ko’payshiga olib keladi va natijada bozor iqtisodiyotiga o’tish ishlari tezlashib ketdi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin