Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Jahon sanoatida etakchi o’rin tutadigan «Yamaxa» transmilliy kompaniyasi bugungi kunda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida bir necha milliard AQSh dollari miqdoridagi o’z mahsulotlarini sotadi



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə59/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
Kichik biznes

Jahon sanoatida etakchi o’rin tutadigan «Yamaxa» transmilliy kompaniyasi bugungi kunda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida bir necha milliard AQSh dollari miqdoridagi o’z mahsulotlarini sotadi.


Mana shu mashhur kompaniya ham, 40-yillarning ohirida 7 kishidan iborat velosipedlarni ta’minlovchi kichik kooperativ sifatida faoliyat boshlangan edi.
Yaponiyada kichik va o’rta korxonalarga tegishli bo’lgan mustaqil kompaniyalar 10 mln. tadir.
AQSh iqtisodiyotida kichik va o’rta biznesning ulushi ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulot hajmini keyingi 40 yil mobaynida 10 foizdan 52 foizga o’sdi.
2002 yil boshida AQShda 22,4 mil.ta kichik biznes sub’ektlari ishlagan. Ular YaIM-ning 51%-ni yaratdilar. Xususiy sektordagi ish joylarini 51%-ni ish bilan ta’minladilar.
Amerikada 19 mln. turli xildagi mustaqil firmalarning 90 % mayda ishlab chiqarishlardir. Ular xissasiga yangi yaratilayotgan
ish joylarining 2/3 qismi to’g’ri keladi.
Evropa Ittfoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida esa kichik va o’rta biznes ulushi 67 foizdan ortiq ekani ham bejiz emas.
Misol uchun, Germaniya davlati tajribasini olib ko’raylik. Bu mamlakat kichik va o’rta biznesni rivojlanishi hisobiga qisqa vaqt mobaynida Evropa iqtisodiyotining ustunlaridan biriga aylanib ketdi. Davlatning bu boradagi oqilona tufayli urushdan keyingi yillarda kichik va o’rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 10 foizdan 69 foizga ko’tarildi.
Germaniyada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan, oziq-ovqat va boshqa iste’mol mollarining ko’plab turlarini ishlab chiqaradigan korxonalar davlat tarafidan har tomonlama rag’batlantirildi. Ular qishloq joylarida tsexlar shaklida kichik-kichik ishlab chiqarish quvvatlari sifatida tashkil etilgan edi.
Bu mamlakatlarda kichik va o’rta biznesni har tomonlama qo’llab- quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi shakllangan bo’lib, u birinchi galda bu boradagi huquqiy bazani yaratishga va tadbirkorlarning huquq va manfatlarini ishlovchi himoya qilishga asoslanadi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin