Shuningdek, ularning uzoq muddatli kredit resurslaridan imtiyozli foydalanishi, imtiyozli soliq tartibini, ishlab chiqarish moliyaviy, ijtimoiy, bozor infratuzilmalarini shakllantirishi ham pmrovard natijada iqtisodiyotning ana shu tarmog’ini samarali rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shunisi muhimki, bu mamlakatlarda iqtisodiyot tarkibining o’ziga xos xususiyatlaridan, xalqning mentalitetidan, mavjud resurslar va boshqa omillardan kelib chiqib, kichik va o’rta biznesni aniq maqsadli qo’llab-quvvatlash bo’yicha puxta o’ylangan davlat siyosati amalga oshiriladi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari ham kichik va o’rta biznesni jahon iqtisodiyotidagi rivojlanish xolatini, uni tutgan o’rnini ko’rsatadi.
7-jadval
Kichik va o’rta korxonalarni ayrim mamlakatlar iqtisodiyotida tutgan o’rni
Xitoyda kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlanishi.
Xitoy xalq Respublikasida 70 yillar oxiri 80 yillar boshida mamlakatni siyosat va iqtisodiy yo’nalishidagi yangicha rivojlanish bosqichini boshlanishi bilan kichik va o’rta biznes jadal rivojlanib ketdi. Xitoyda kichik va o’rta korxonalarda xodimlar soni 500 kishidan oshmaydi. 2000 yil boshida Xitoyda kichik va o’rta korxonalar soni 9 mln. taga etdi. Ular mamlakatdagi jami korxonalarning 99 %ni tashkil etdi. Xitoyda kichik va o’rta korxonalar jami sanoat mahsulotini 60 % ishlab chiqarilmoqda va davlat xazinasiga umumiy soliqlar yig’imining 40 %dan ko’prog’ini tushirib bermoqda.
Kichik va o’rta biznes mamlakatda mehnatga layoqatli kishilarning 75 %ini ish bilan ta’minlanmoqda.
Xitoyda kichik va o’rta biznesni bunday jadal rivojlanib, mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rini tutishi, uni davlat tomonidan qo’llab quvvatlashdagi oqilona siyosatdir:
kichik va o’rta korxonalarni texnologiyalar bilan yangilash maxsus fondini yaratish;
Ushbu fond orqali moliyaviy yordamning quyidagi shakllari mo’ljallangan:
grantlar – ilg’or texnologiya sohasida ixtisoslashgan kichik va o’rta korxonalarni oyoqqa turayotgan davrda 120 ming AQSh dollari (1 mln. yuan) miqdorida rag’batlantiriladi. Agar korxona yirik loyihada kirgan bo’lsa bu miqdor 240 ming AQSh dollari (2 mln. yuan)gacha oshirilishi mumkin.
Texnologik ishlovlarni amalga oshirishi uchun korxonalarga qo’shimcha ravishda imtiyozli ravishda moliyaviy yordam ko’rsatib subsidiyalar beradi. Bunda moliyaviy yordam pullari yirik loyixalar uchun 120 va 240 AQSh dollari (yoki 2 mln. yuan) hajmida belgilanadi.
To’g’ridan to’g’ri investitsiyalar ajratish. Bunday moliyaviy yordam o’ta istiqbolli va tez qoplanadigan ishlovlar uchun fond tomonidan ustav kapitalining 20 % gacha bo’lgan miqdori hisobidan ajratiladi.
Xitoyda kichik korxonalrni ro’yxatdan o’tkazishni juda xam oddiy, engil tartibi o’rnatilgan. Ularni hujjatlashtirish ishlari bitta (organda) tashkilotda – Davlat savdo- sanoat bosh boshqarmasida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va savdo bo’yicha Davlat qo’mitasi qoshida maxsus
«Kichik va o’rta korxonalarni xalqaro hamkorligini koordinatsiya qilish bo’yicha markaz» tashkil etilgan (10 yil bo’ldi).