Moliya - bu asosiy xo’jalik yurituychi subyektlar - korxonalar, uу xo’jaliklari vа davlat o’rtasida aksariyat рul shaklida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar.
Ushbu munosabatlar quyidagi hollarda vujudga kelishi mumkin:
• jamiyat daromadlarini xo’jalik yurituvchi subyektlardan birortasining foydasiga qayta taqsimlashda;
• davlatning jamiyat uchun zarur bo’lgan funksiyalarini mos ravishda bajarishini ta'minlash uchun;
• mavhumlik vа tavakkalchilik sharoitida qarz majburiyatlari asosida noekvivalent ayirboshlash jarayonida.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi.
Quyidagilar moliyaning xarakterli belgilari
Quyidagilar moliyaning xarakterli belgilari
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farq qiladi. Agar pul umumiy ekvivalent bo‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy vositasi (instrumenti) hisoblanadi.
• qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bo‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bo‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi;
• pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo‘nalishga ega ekanligi;
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini yaratish;
Moliya quyidagilar subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:
• tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.