Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, obyektiv xaraktyerga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, obyektiv xaraktyerga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansada, ko‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy siyosatga ham bog‘liq bo‘ladi.
Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag‘lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaning funksiyalari
Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi
Taqsimlash
Nazorat
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg‘arilishiga, iste’mol sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakillantirishga;
Xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
Xo’jalik subyekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqorolar tomonidan jamg’arishini amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi:
Moliyaning taqsimlash funksiyasi: