Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning yo‘nalishi bo‘lib, u mamlakat krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va investitsiyalar uchun mablag‘larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o‘rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin;

takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining tartibga solinishi orqali ifodalanadi.
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy qilinadigan tadbirlar kompleksidan iborat.
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq. Hozirgi paytda bu siyosat, o‘z navbatida, pensiya siyosati, immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o‘z ichiga oladi.
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yig‘imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos bo‘lgan usuliga ham egadir.