Moliya Onarboyev Muxammad mmt-95k-2 guruh O’tilgan mavzular yuzasidan tahliliy taqdimot


Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 369,3 Kb.
səhifə7/11
tarix01.02.2023
ölçüsü369,3 Kb.
#82225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Onarboyev Muxammad Moliya

Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;

• byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va oshkora bo‘lishini tashkil etish;

• davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va tegishli tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish asosida iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirish;

• xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash;

• davlat byudjeti defitsitini yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish;

• mahalliy byudjetlarning daromad qismini yanada mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

• byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;

• davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga biriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;

• davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga biriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;

• ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini keskin oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

• soliq yuklamasini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish;

• soliq konsepsiyasi va siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida:

- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;


Yüklə 369,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin