Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi, qonunchiligi va byudjet jarayonida hokimiyat organlari barcha bo‘g‘inlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq ishlab chiqiladi. O‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash noto‘g‘ri. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat subyektlari funksiyalarini, byudjet jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati faqat shu masalalar bilan cheklanib qolmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to‘planadigan YaIM hissasini aniqlash, shu sohada mamlakat yuqori va quyi organlarining o‘zaro munosabatlarini belgilash, byudjet xarajatlar ismining tarkibiy tuzilishini aniqlash, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlash, davlat qarzini boshqarish, byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlash va h.k.lar ham byudjet siyosatining vazifalariga kiradi.

Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bir necha asr mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo‘lgan.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to‘ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo‘lgan talabdan ortiq bo‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo‘ladi.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining yo‘nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalish byudjet daromadlarini ko‘paytirishdir.